Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 13:24

“O‘zbek imomlari ta‘qib etilmasin”


Rossiya masjidlarida imomlar va oddiy namozxonlar orasida o‘zbek dindorlarini ham ko‘p uchratish mumkin.
Rossiya masjidlarida imomlar va oddiy namozxonlar orasida o‘zbek dindorlarini ham ko‘p uchratish mumkin.
Rossiyaning Tyumen viloyat musulmonlar diniy idorasi rahbari O‘zbekistonning Novosibirskdagi konsuliga ana shunday murojaat bilan yuzlandi.

Tyumen viloyat musulmonlar diniy idorasi rahbari G‘alimjan Bikmullin o‘tgan hafta Tyumen drama teatrida O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlanib o‘tkazilgan tadbir chog‘ida O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Abdurahim Qayumov e‘tiborini o‘zbek maxsus xizmatlari asli o‘zbekistonlik, biroq ayni paytda Rossiya fuqaroligini olgan imomlarni ta‘qib qilayotganiga qaratdi.

Islam News nashrining Bikmullin so‘zlaridan iqtibos keltirishicha, o‘zbekistonlik imomlar o‘z vaqtida Sibirda Islom dinining oyoqqa turishiga katta hissa qo‘shganlar, ularning ayrimlari Rossiyada qolganlar. Bikmullinga ko‘ra, ayni paytda Rossiya fuqaroligini olgan bu imomlar hozirda diniy qarashlari uchun hibsga olinishdan cho‘chib, hatto tug‘ilgan yurtiga borib, qarindoshlari bilan ham diydorlashib kelolmayaptilar.

Tyumen viloyat musulmonlar diniy idorasi rahbari maxsus xizmatlar so‘rovnomasiga ko‘ra O‘zbekistonga berib yuborilgan o‘zbek dindorlari davlat tuzumiga tajovuz qilganlikda ayblanib, uzoq yillik qamoq jazosiga hukm qilinganlarini qayd etdi.

So‘z orasida G‘alimjan Bikmullin o‘zbekistonlik diplomatga o‘zining Buxorodagi “Mir Arab” madrasasida o‘qiganini aytarkan, islomiy uyg‘onishga qo‘shgan hissasi uchun o‘zbekistonlik diniy arboblarga minnatdorchilik izhor qildi.

Ayni paytda O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli Abdurahim Qayumov Tyumen viloyat musulmonlar diniy idorasi rahbari G‘alimjan Bikmullin murojaatini javobsiz qoldirdi.

Islam News nashriga ko‘ra, o‘zbekistonlik diplomat Tyumen muftiysini gapini tinglab bo‘lganidan so‘ng indamasdan “Navro‘z” o‘zbek jamiyati tomonidan tayyorlangan konsertni ko‘rishda davom etgan.

Asnoda O‘zbekiston mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan tadbir oldidan konsul Abdurahim Qayumovning Tyumen jome‘ masjidi imomi Alisher Dedamirzayev bilan suhbatlashgani aytilmoqda.

Rossiyaning Tyumen viloyatiga o‘tgan asrning 90-yillari o‘rtalarida O‘zbekistonning Namanganidan kelgan Alisher Dedamirzayev o‘sha davrlardan buyon muftiy G‘alimjan Bekmullinning o‘rinbosarlaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
XS
SM
MD
LG