Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:19

Gulnora Karimovaning Nyu York ko‘rgazmasida qatnashishi bekor qilindi


Gulnora Karimova AQShda Guli brendini namoyish etmoqchi edi.
Gulnora Karimova AQShda Guli brendini namoyish etmoqchi edi.
Bunga Nyu Yorkda Gulnoraga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari va AQSh matbuotidagi maqolalar sabab bo‘ldi.

O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaning Nyu Yorkda 9 sentabr kuni ochilgan Moda haftaligida ishtirok etishi bekor qilindi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, bunga inson huquqlari himoyachilarining O‘zbekistondagi inson huquqlari vaziyatiga oid tanqidiy fikrlari Amerika matbuotida chop etilgani sabab bo‘lgan.

Nyu Yorkda Gulnora Karimovaning Moda haftaligida ishtirok etishiga qarshi namoyish.
Jumladan, "Nyu York post" gazetasida "Qotil diktatorning qizi moda ko‘rsatmoqda" degan tanqidiy maqola chop etilgan. Mazkur maqolada moda haftaligining Gulnora Karimova tamsil qilinadigan kuni, ya‘ni 15 sentabrda Mehnatkashlarni himoya qiluvchi xalqaro forum katta namoyish o‘tkazishni rejalayotgani xabar qilingan.

Hyuman Rayts Votch xalqaro huquq himoyasi tashkiloti esa Nyu Yorkdagi nufuzli moda haftaligida Gulnora Karimovaning ishtirok etishiga ruxsat berilishini "sharmandali holat" sifatida talqin etgan.

Payshanba va juma kunlari O‘zbekiston xalq harakati faollari va bolalar huquqlari uchun kurashuvchi tashkilotlar Nyu Yorkda Gulnora Karimovaning Moda haftaligida qatnashayotganiga qarshi namoyish ham o‘tkazgan edi.

Merseses-Bens modalar haftasi deb ëzilgan bino oldida o‘tkazilgan piket qatnashchilari: “Ey Gulnora, 4 yil oldin sen men tergan paxta haqini bermovding”, “Bola mehnatidan foydalanish to‘xtatilsin!” kabi shiorlarni ko‘tarib chiqqan.

Nyu Yorkdagi Moda haftaligi (IMG Fashion Week) doirasida 15 sentabr kuni Gulnora Karimova o‘zining Guli brendi ostida adras, atlas, ipak va boshqa milliy matolardan tikilgan libos va taqinchoqlarini taqdim etishi rejalangan edi.

Nyu Yorkda uyushtirilgan norozilik tadbiri tashkilotchilaridan biri, O‘zbekiston xalq harakatining AQShdagi vakili Islomiddin Dolimov Gulnora Karimovaning Nyu York moda haftaligida qatnashishi bekor qilinganiga qaramay, norozilik tadbiri 15 sentabr kuni ham davom etishini ma‘lum qildi.

Quyida Islomiddin Dolimov bilan suhbatni tinglashingiz mumkin.

XS
SM
MD
LG