Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:03

Bugun qarshilik "ajdarlar" taylandlik "akulalar"ga qarshi chiqadi


"Chonburi" - "Nasaf" uchrashuvini "Yosh to'lqin" sahifasida jonli ravishda ko'ring.
"Chonburi" - "Nasaf" uchrashuvini "Yosh to'lqin" sahifasida jonli ravishda ko'ring.
Bugun Qarshining "Nasaf" futbol jamoasi OFK kubogi bahslarining chorak finalida Taylandning "Chonburi" klubiga qarshi mehmonda maydonga chiqadi.

Tayland matbuoti bugungi bo'ladigan o'yinda "akulalar", ya'ni "Chonburi" qarshilik "ajdarlar", ya'ni "Nasaf" ustidan g'alaba qozonishini bashorat qilimoqda. Bunga "Chonburi" murabbiyi Vizaya Laoxakulning ham ishonchi komil.

- Biz albatta g'alaba uchun maydonga chiqamiz va kamida uch gollik farq bilan o'yinni yakunlamoqchimiz. Chunki bu bosqichda qancha ko'p gol ura olsang, shuncha yaxshi. Ahir bir keyingi o'yinni mehmonda O'zbekistonda o'tkazamiz, - deydi jamoasi g'alabasiga ishongan murabbiy Laoxakul FIFA saytiga bergan intervyusida.

Ming g'alaba qozonishiga ishonmasin, Loaxakul jamoasi bugun jiddiy sinov oldida turibdi. Chunki jamoaning asosiy himoyachilari Natapong Samana va Anucha Kitpongsrilar oldingi o'yinlarda jarohat olganlar.

"Ajdarlar" nurabbiyi Anatoliy Demyanenko ham ushbu jiddiy uchrashuvda shogirdlarining kuchiga ishonishini aytadi.

- Bugungi o'yin qiyin o'tadi va biz unda g'alaba uchun bor kuchimizni ishlatamiz. "Nasaf" guruh bosqichi doirasida o'tgan o'yinlarning har birida g'alaba qozondi. Bizning maqsadimiz OFK kubogi finaligacha borish. Bugungi o'yinga qattiq tayyorgarlik ko'rildi. Biz "Chonburi" klubining o'yinlari yozilgan DVDlarni ko'rib chiqdik va ularga qarshi atayin taktika tayyorlaganmiz. Bu hozircha sir, - deydi "Nasaf" bosh murabbiyi Demyanenko FIFA saytiga.

Eslatamiz, bugungi o'yin OFK kubogi chorak finali doirasidagi birinchi o'yindir. Javob o'yini 27 sentabr kuni Qarshi markaziy stadionida o'tadi.

Bugun ikka jamoa uchun ham qiyin bo'lishi kutilmoqda. "Nasaf" futbol klubi OFK kubogi guruh bosqichi doirasida o'tgan barcha o'yinlarda g'alaba qozonib, raqib darvozasiga jami bo'lib 30 ta gol yollagan edi. "Chonburi" klubi ham "H" guruhida yuqori darajadagi o'yin ko'rsatib, guruhda birinchi o'rinni egallagan edi.

Bugungi o'yinda "Nasaf" futbol klubiga omad tilab qolamiz.

Aziz mushtariy, "Chonburi" - "Nasaf" uchrashuvini "Yosh to'lqin" loyihasi sahifasida jonli ravishda tomosha qilishingiz mumkin. O'yin Toshkent vaqti bilan soat 17:00 da boshlanadi. Futbolni biz bilan tomosha qiling!
XS
SM
MD
LG