Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:59

O‘zbekiston yana din erkinligini buzayotgan davlatlar qatorida


2010 yil iyulidan dekabr oyigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan hisobotni AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton taqdim qildi.
2010 yil iyulidan dekabr oyigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan hisobotni AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton taqdim qildi.
AQSh Davlat departamenti dunyoning davlatlarida din erkinligiga oid chiqargan hisobotida O‘zbekiston “alohida xavotirli davlatlar” qatoriga kiritilgan.

AQSh Davlat departamenti hisobotida dunyoning salkam 200 ta davlatidagi diniy erkinliklar bilan bog‘liq muammolar yoritilgan.

Hujjatda Eron, O‘zbekiston va Xitoy diniy erkinliklar qo‘pol ravishda buzilayotgan davlatlar sifatida qayd etilgan.

2010 yil iyulidan dekabr oyigacha bo‘lgan muddatni o‘z ichiga olgan hisobotni taqdim qilgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton diniy erkinliklarning davlat homiyligida poymol etilishi aholining ma‘lum qatlamini yakkalab qo‘yishi, ekstremistlarga qo‘l kelishi, mazhablararo zo‘ravonlikka turtki bo‘lishi va oqibatda jamiyat barqarorligiga putur yetishi mumkinligi haqida ogohlantirdi.

Ayni paytda Klinton din erkinligining davlat tomonidan hurmat qilinishi mamlakat xavfsizligi va farovonligiga hissa qo‘shishini urg‘uladi.

- Hukumatlar din erkinligini hurmat qilsa, ular o‘zaro hurmatni targ‘ib qilish uchun fuqarolik jamiyatlari bilan birga ishlasa yoki diniy ozchilikni tashkil etgan guruhlar a‘zolariga nisbatan zo‘ravonliklarni ta‘qib qilsa, keskinlikni yumshatishga yordam bergan bo‘ladi. Shunday qilish orqali hukumatlar kengbag‘irlik muhitini yaratadi va bu mamlakatning barqaror, yanada xavfsiz va farovon bo‘lishida yordam beradi, - dedi Hillari Klinton.

Hisobotda sakkiz davlat, jumladan, Eron, O‘zbekiston, Xitoy, Shimoliy Koreya va Saudiya Arabistoni “alohida xavotirli davlatlar” sifatida qayd etilgan.

Hisobotning taqdimot marosimida demokratiya va inson huquqlari bo‘yicha AQSh Davlat kotibi yordamchisi Maykl Posner ham ishtirok etdi.

Posner O‘zbekiston qator sabablar, jumladan, prozelitizm qonunga zid bo‘lgani va musulmonlar davlat nazoratida bo‘lgan masjidlardan tashqarida diniy masalalarni muhokama qilishi xavfli bo‘lgani uchun mamlakat “alohida xavotirli davlatlar” ro‘yxatiga kiritilganini aytdi.

AQSh Davlat departamentining Din erkinligiga oid yangi hisobotida Xitoyda Tibet butparastlari va musulmon uyg‘urlarni ta‘qib qilish davom etayotgani bildirilgan.

Hisobotda dunyo bo‘ylab diniy erkinlikni targ‘ib qilish borasida AQSh hukumati tomonidan qanday choralar ko‘rilgani to‘g‘risida ham ma‘lumot berilgan.

Ayni paytda AQSh Davlat departamentining Dunyo davlatlarida din erkinligiga oid hisobotida “Yevropaning ko‘pgina qismida” musulmonlarga qarshi kayfiyat kuchaygani va ko‘proq joylarda islomiy libos kiyish cheklangani ma‘lum qilingan.
XS
SM
MD
LG