Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:16

"Lukoyl" O‘zbekistonda quyosh elektrostansiyasi quradi


Rossiyaning «Lukoyl» shirkati O‘zbekistonda yirik quyosh elektr stansiyasi quradi.

Farg‘ona ru saytining xabar qilishicha, bu haqda shirkat rahbari Vagit Alekperov «Lukoyl»ning yosh mutaxassislarining Saratov shahrida o‘tkazilgan forumida bayonot bergan.

Alekperovga ko‘ra, u boshqarayotgan shirkat O‘zbekiston hukumati va Osiyo Tarqqiyot banki bilan hamkorlikda quradigan quyosh elektrostansiyasi to‘la quvvat bilan ishga tushganida 1000 megavatt elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Inshootning birinchi navbati ishga tushgach u 100 megavatt tok hosil qiladi.

Farg‘ona ru, shuningdek, O‘zbekistondagi Iqtisodiy tadqiqotlar markazi ma‘lumotlarini keltirgan. Markaz hisob-kitoblariga ko‘ra, O‘zbekistondagi ko‘mir zahiralari 40-50 yilga, neft 10-12 yilga, tabiiy gaz yana 28-30 yilga yetadi xolos.

Mana shunday sharoitda, hamda mamlakat aholisi gaz va elektr energiyasi taqchilligidan muntazam ravishda aziyat chekib kelishi nazarda tutilsa, quyosh elektrostansiyalari qurish shubhasiz istiqbolli loyihadir.
XS
SM
MD
LG