Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:09

Toshkentda muaytay bo‘yicha jahon chempionati o‘tkaziladi


20 – 27 sentabr kunlari Toshkentda tay boksi – muaytay bo‘yicha jahon birinchiligi o‘tkaziladi.

Musobaqada 70 ta davlatdan sportchilar ishtirok etadi.

2011 yilgi jahon chempionatining Toshkentda o‘tkazilishi haqidagi qaror Havaskorlar muaytay xalqaro federatsiyasining Tailandda bo‘lib o‘tgan yillik yig‘ilishida qabul qilindi.

Bu yilgi Jahon chempionatiga mezbonlik qilish uchun 16 davlat da‘vogarlik qilgan edi.

Gazeta.uz nashri xabariga ko‘ra, O‘zbekistonda tay boksi 1993 yildan beri rivojlanib kelmoqda.

1994 yili Toshkentda muaytay bo‘yicha birinchi respublika musobaqasi o‘tkazilgan, unda oltmishga yaqin sportchi qatnashgan.
XS
SM
MD
LG