Линклар

Шошилинч хабар
23 апрел 2024, Тошкент вақти: 15:14

Chelyabinskda xalqaro qidiruvda bo‘lgan o‘zbekistonlik qo‘lga olindi


Rossiyaning Chelyabinsk shahridagi temir yo‘l vokzalida odam savdosi bo‘yicha xalqaro qidiruvga berilgan 46 yashar O‘zbekiston fuqarosi hibsga olindi.

Ural transport prokuraturasi matbuot xizmatiga ko‘ra, O‘zbekiston Jinoyat kodeksining 135-moddasi, 2- qismi bo‘yicha qidiruv e‘lon qilingan shaxs O‘zbekiston Bosh prokuraturasidan so‘rov kelguniga qadar qo‘lga olingan.

Interfaks axborot agentligi xabariga ko‘ra, Ural transport prokuraturasi ekstraditsiya tekshiruvi olib bormoqda.

Bu jarayon tugaganidan so‘ng ish Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasiga jo‘natiladi.

U yerda qo‘lga olingan shaxsni O‘zbekistonga ekstraditsiya qilish yoki ekstraditsiya qilmaslik to‘g‘risida qaror qabul qiladi.
XS
SM
MD
LG