Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:07

Fransiya va Britaniya rahbarlari Liviyaga boradi


Fransiya prezidenti Nikolya Sarkozi va Britaniya Bosh vaziri Devid Kameronning 15 sentabr kuni Liviyaga borishi rejalangan.

Bu ikki davlat rahbari Liviyani 42 yildan beri boshqarib kelgan Muammar Qaddafiyning hokimiyatdan ag‘darilishiga olib kelgan NATO harbiy amaliyotlarini qo‘llab-quvvatlagan.

Fransiya va Britaniya rahbarlari Beng‘ozi va poytaxt Tripoliga boradi.

Sarkozi va Kameronning tashrifi arafasida Liviya O‘tish davri milliy kengashi taslim bo‘lishni rad qilgan Qaddafiy tarafdorlariga qarshi ko‘proq janglar bo‘lishini bashorat qilgan.
XS
SM
MD
LG