Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:10

Rossiyada gubernator Twitter orqali fuqarolar murojaatlarini qabul qilmoqda


Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko.
Sankt-Peterburg gubernatori Georgiy Poltavchenko.
Rossiyaning Sankt-Peterburg viloyati gubernatori Georgiy Poltavchenko Twitter mikro-blog xizmati orqali fuqarolar arznomalarini qabul qilishni boshladi. U bu haqda o'zining shaxsiy Twitter sahifasida e'lon qildi.

- Hurmatli tvitterchilar, mening shaxsiy [Twitter] sahifamga jo'natilgan murojaatlarning soni ko'paygani va ular bilan ishlashga vaqt yo'qligi tufayli men yangi sahifa ochdim. Bu sahifaga siz o'z murojaatlaringizni yo'llashingiz mumkin. Ular ko'rib chiqiladi, - deb yozadi Poltavchenko o'z mikroblogida.

Yangi ochilgan @GSPoltavchenko sahifasining "svejiy"ligiga qaramasdan u yerda fuqarolar murojaatini qabul qilish jarayoni faol bormoqda. Albatta gubernatorning shaxsan o'zi murojaatlarga javob bermaydi. Sahifada aytilishicha, Poltavchenkoning yordamchilari bu bilan shug'ullanishadi.

Bugungi kunga kelib ushbu sahifaga obuna bo'lganlarning soni 1350 ga yetdi. Obunachilarning soni kudan-kunga ortib bormoqda.

Gubernator Poltavchenko Twitter sahifasi bor Rossiya amaldorlari orasida eng faollardan biri. Uning shaxsiy Twitter sahifasida qariyb 21 ming obunachi bor. Biroq gubernatorning shaxsan o'zi Twitter bilan shug'ullanishini tekshirish qiyin, albatta.

Dunyo bo'ylab siyosatchilarning internet tarmog'ida faollashganiga qaramasdan O'zbekistonda hukumat amaldorlarining internet vositalaridan foydalanishi kuzatilmayapti. Bosh vazir Shavkat Mirziyoyevning Facebook ijtimoiy tarmog'idagi sahifasi qalbaki ekanligini bosh vazirning matbuot-kotibi aytib o'tgan edi.
XS
SM
MD
LG