Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 13:48

"Bunyodkor" stadioni qurilishi yana cho‘ziladi


"Bunyodkor" stadioni maketi.
"Bunyodkor" stadioni maketi.
Toshkent shahridagi "Bunyodkor" stadioni qurilishi keyingi yilning avgust oyida nihoyasiga yetadi.

Bu haqda yozgan 12.uz sayti boshqa tafsilotlarni yoritmagan.

O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko‘ra, “Bunyodkor” stadioni 2012 yilning 10 martida topshirilishi kerak edi.

Germaniyaning GMP firmasi tomonidan loyihalashtirilgan sport kompleksi qurilishi 2008 yil boshlangan va keyinroq to‘xtab qolgan edi. Bunga “Bunyodkor” jamoasining muassisi, Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytiladigan "Zeromaks" shirkatining yopilishi sabab bo‘lgan edi. Shundan so‘ng to‘xtab qolgan qurilish O‘zbekiston Vazirlar Mahkamasining 5 apreldagi qaroridan so‘ng yana boshlandi.

Stadionning dastlab 45 ming odamni sig‘dira oladigan Markaziy Osiyodagi eng katta sport kompleksi bo‘lishi haqida aytilgan edi. 12.uz sayti ma‘lumotiga ko‘ra, endilikda tomoshabinlar o‘rindiqlari soni 34 ming bo‘lib, majmua uch qavatdan iborat bo‘ladi.

“Bunyodkor” sport kompleksining avvalgi loyihasi 150 million AQSh dollariga teng ekani aytilgan edi, hozirgi qurilishga 60 milliard so‘m sarflanishi va bu mablag‘ning xayriya hisobiga yig‘ilishi aytilayapti.
XS
SM
MD
LG