O‘sh tug‘ruqxonalarida chaqaloqlarning o‘limi o‘tgan yilga nisbatan 28taga ko‘paygan.
O‘sh shahar hududiy tug‘ruqxonasi bosh shifokori Mirza Stanbekov 2011 yilda tug‘ruqxonada go‘daklar o‘limi ko‘paygani borasidagi ma‘lumotlarning asossizligini aytadi. Unga ko‘ra, joriy yilda tug‘ruqxona shifokorlari o‘tgan yilga nisbatan ming ayolni ko‘proq qabul qilgan. Shu sababli o‘lgan chaqaloqlarning soni ko‘paytirib aytilmoqda:
- O‘tgan yili 8 oyda mingta tirik tug‘ilgan boladan 20 bola o‘lgan bo‘lsa, bu yilda ming nafar tug‘ilgan boladan yigirma uchi o‘ldi. O‘tgan yili 8 oyda 2998 xomilador ayolni qabul qilgan bo‘lsak, bu yil 8 oyda 4 ming ayolni qabul qildik. Shu sababli 2-3 bola o‘tgan yilga nisbatan ortiqcha o‘layapti, - deb tushuntirdi Mirza Stanbekov.
Unga ko‘ra, go‘daklarning o‘limi asosan onalar sog‘ligi bilan bog‘liqdir:
- Bolalar o‘limining birinchi sababi onalarning xomiladorlik paytida kasal bo‘lib qolishidir. Keyingi navbatda oy - kuniga yetmay 500 gramdan bir yarim kilogramgacha tug‘ilgan bolalar ko‘proq o‘ladi. Sababi ularning o‘pkasi, yuragi va boshqa a‘zolari yaxshi rivojlanmagani uchun biz xech narsa qilolmay qolamiz, -dedi O‘sh shahar hududiy tug‘ruqxonasi bosh shifokori Mirza Stanbekov.
Biroq mutaxasislarga ko‘ra, 4 ming chaqaloqdan 88 nafarining o‘limi ham oz ko‘rsatkich emas. Ayrim ota-onalar esa chaqaloqlarning o‘limiga tug‘ruqxona shifokorlari aybdor deb hisoblashadi.
O‘shlik Gulmiraning aytishicha, tug‘ruqxona shifokorlarining befarqligi sababli uning singlisi farzandini dunyoga keltira olmayapti:
- Shifokorlar qaramaydi. Ayollarni “tug‘adi”, deb yolg‘iz tashlab qo‘yishar ekan, kresloga chiqarmaydi ekan. Salomatligi yaxshi odamga ham ozgina yordam berish kerak, yordam bermaganidan keyin ko‘p odam o‘ladi-da. Erini, qarindosh-urug‘ini palataga kiritib qo‘yayapti. Ularni kiritish mumkin emas-da, vrachlarning o‘zi tug‘dirishi kerak. Shifokorlar bola chiqqanidan keyin kirishar ekan. Masalan, meni kiritib qo‘ysa, men tug‘dirolmayman. - dedi Gulmira.
Ayni paytda, o‘shliklar orasida go‘daklarning o‘lishiga onalarning o‘zlari sabachi deguvchilar ham mavjud. 60 yoshli Tamara Amanova fikricha, bunga homilador ayollarning o‘z salomatligiga e‘tiborsizligi sabab bo‘lmoqda:
- Vitamin yetishmaganidan, Xitoy mahsulotlarini ko‘p yeganidan ayollarning salomatligi nochorlayapti. Onaga vitamin yetishmaganidan keyin bolada ham yetishmaydi-da. Ayollar kamqonlik bilan tug‘ishayapti. Bu albatta bolaga ta‘sir qiladi-da, - deydi Tamara Amanova.
So‘nggi paytlarda qirg‘iz matbuotida O‘sh tug‘ruqxonalirada chaqaloqlarning o‘limi o‘tgan yilga nisbatan bu yilda 28taga ko‘paygani to‘g‘risida ma‘lumotlar paydo bo‘lmoqda.