Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 11:32

Jahondagi yetakchi kiyim-kechak brendlari o‘zbek paxtasini boykot qilmoqda


Yirik kiyim-kechak brendlarining o‘zbek paxtasini boykot qilish to‘g‘risidagi navbatdagi bayonoti inson huquqlari tashkilotlarining joriy oyda O‘zbekiston rejimi ustidan ikkinchi g‘alabasini anglatadi.
Yirik kiyim-kechak brendlarining o‘zbek paxtasini boykot qilish to‘g‘risidagi navbatdagi bayonoti inson huquqlari tashkilotlarining joriy oyda O‘zbekiston rejimi ustidan ikkinchi g‘alabasini anglatadi.
Britaniyaning nufuzli The Daily Telegraph gazetasi 18 sentabr kungi sonida ana shunday sarlavha ostidagi maqola e‘lon qilindi.

The Daily Telegraph gazetasining Olmaotadagi muxbiri Jeyms Kilnerning maqolasi mazmunini e‘tiboringizga havola qilamiz.

***
O‘zbekiston hukumati paxta yetishtirishda bolalarni mehnatga majburlashi xususidagi iddaolar bois jahonning 60 dan ortiq yetakchi kiyim-kechak shirkatlari, jumladan Burberry va Levi o‘zbek paxtasiga boykot e‘lon qilishini bildirdi.

Shvyesiyaning mashhur H&M shirkati, Adidas va Puma kabi sport kiyimlari kompaniyalari Markaziy Osiyodagi sobiq Sovyet mamlakatidan bolalar tergani aniq bo‘lgan paxtani sotib olmaslikka so‘z bergan brendalar orasidadir.

Bu shirkatlar boykot tashabbuschisi AQShda joylashgan “As You Sow” (Nimani eksang, shuni o‘rasan ma‘nosida – tahr.) inson huquqlari guruhi amalga oshirayotgan Responsible Sourcing Network (Hom ashyo sotib olishda mas‘uliyatli bo‘lish ma‘nosida – tahr.) loyihasi doirasida e‘lon qilingan bayonot ostiga imzo chekdi.

H&M shirkati jamoatchilik aloqalari bo‘limi boshlig‘i Henrik Lampa “Biz ko‘plab shirkatlar kabi paxtaning yirik iste‘molchisimz va qaysi mamlakat bo‘lishidan qat‘iy nazar bolalar mehnatiga qarshi aniq pozitsiyamiz bor”, deya ta‘kidladi.

800 shirkatni o‘z ichiga oluvchi AQShning American Apparel and Footwear Association (Amerika kiyim va poyafzal uyushmasi) sanoat guruhi bunday bayonotni avval ham imzolagan, lekin "As You Sow" tashkiloti bosh ijrochi direktori Endryu Beharning aytishicha, bunga oid yangi majburiyat qo‘shimcha ahamiyatga egadir.

“Bu holislik va shaffolik nuqtai nazaridan muhimdir. Har bir shirkat alohida qo‘l qo‘yib, o‘z logotipini bunga ilova qilishi muhim ahamiyatga ega”, dedi u.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi bu xususda izoh bermadi.

Mazkur qadam inson huquqlari tashkilotlarining joriy oyda O‘zbekiston rejimi ustidan ikkinchi g‘alabasini anglatadi.

9 sentabr kuni Nyu York modalar haftaligi tashkilotchilari, matbuot va huquq tashkilotlari bosimi ostida O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning to‘ng‘ich qizi liboslar tomoshasini bekor qildi.

Huquq faollari O‘zbekistonni 1991 yil Sovyet Ittifoqidan mustaqil bo‘lganidan beri boshqarib kelayotgan 73 yoshli janob Karimovni demokratiyani toptayotganlik, qiynoqlar va qotilliklarda ayblab keladi. Janob Karimov va O‘zbekiston hukumati isnon huquqlarini buzayotganlari va bolalar mehnatiga oid ayblovlarni inkor qilib keladi.

Markaziy Osiyo yuragida joylashgan va 27,5 million aholisi bo‘lgan O‘zbekiston mintaqaning iqtisodiy markazi bo‘lishi kerak, lekin hukumat bu mamlakatni tashqi dunyodan uzib qo‘ygan.

Gaz va oltin bilan birgalikda paxta bu mamlakat elitasi uchun eng qimmatbaho eksport mahsulotidir.

Faollar va huquq guruhlari minglab maktab bolalari har yili sinflarni tark etib, dalalarga yo‘l olishi va kunlar davomida paxta terib ter to‘kishi xususida hujjatlarni to‘plab keladi.

O‘zbekiston univyesitetlari talabalari belgilangan miqdorda paxta terib bermasa, imtihonlarda o‘tkazilmasliklarini aytib keladilar.

Nyu Yorkdagi International Labor Rights Forum (Xalqaro mehnat huquqlari forumi) guruhi direktori Tim Nyumanning aytishicha, joriy yilda 13 yoshli bolalarning paxta terimiga safarbar qilingani haqida xabarlar kelmoqda.

“Ba‘zi hisob kitoblarga ko‘ra, paxta mavsumi ikki millionga yaqini bolaga ta‘sir qiladi”, deydi u.

“Bolalarga ma‘lum miqdorda paxta terib berish belgilanadi va ular kun bo‘yi paxta terishga majbur bo‘ladi”, deya qo‘shimcha qiladi janob Nyuman.

Tashkilotga ko‘ra, O‘zbekiston bu borada o‘zgachadir. Chunki bolalar mehnati ko‘plab rivojlanayotgan mamlakatlarning qishloq xo‘jaligi sohasi uchun muammo hisoblansa-da, O‘zbekistonda bu holat tashkilotchisi va homiysi davlatdir. Bu muammo sistematik tus olgan.

Janob Nyumanning aytishicha, O‘zbekistondan paxta sotib olmaslik majburiyati va Nyu York moda haftaligida O‘zbekiston prezidenti to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimova tomoshasining bekor qilingani moda (kiyim-kechak) sanoatida o‘z maxsulotlari tayyorlanadigan xom ashyo qayerdan sotib olinayotganiga e‘tibor kuchayayotganidan darakdir.

Nyu York moda haftaligi tashkilotchilariga o‘lchakishib O‘zbekistonning Ispaniyadagi elchisi lavozimini ham egallaydigan Karimova xonim o‘zining Guli nomli kiyim-kechak kolleksiyasi tomoshasini payshanba kuni Nyu Yorkdagi hashamatli restoranlaridan birida o‘tkazdi. Tomoshada uning o‘zi qatnashmadi.
XS
SM
MD
LG