Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 00:20

"Titanik"dan olib chiqilgan tilla taqinchoq o'g'irlandi


20 asr boshida cho'kib ketgan "Titanik" kemasidan olib chiqilgan tilla zanchircha Kopengagen muzeyidan o'g'irlab ketildi. 19 sentabr kuni yuz bergan o'g'irlik haqda Associated Press xabar bermoqda.

Tilla taqinchoq Kopengagendagi saylgohlardan birida mashhur kemaga atab ochilgan ko'rgazma paytida o'girlandi. Ko'rgazma tashkilotchilariga ko'ra, o'g'rilar signalizatsiya o'rnatilgan shisha qutini ko'tarib, uning ichida saqlanayotgan taqinchoqni olishga muvaffaq bo'lishgan. O'g'rilarning shisha bilan ehtiyotkorona ishlagani tufayli signalizatsiya ish bermagan.

Konpengagen huquq-tartibot organlari tilla zanjirchani topishga yordam beruvchi ma'lumot uchun ming yevro mukofot puli va'da qilishmoqda. Taqinchoqning o'zi esa 14 ming evroga sug'urta qilingan.

Mutahassislar fikricha, "Titanik"dan olingan taqinchoqni pullash o'g'rilar uchun oson bo'lmaydi. Chunki bu tilla taqinchoq kolleksionerlar va zargarlar orasida juda mashhur.

O'g'irlangan tilla zanjircha 1912 yilning 14 aprelida "Titanik" kemasining birinchi klassidan joy olgan yo'lovchi Eleonora Uayldernerga tegishli bo'lgan. Tarixchilarga ko'ra, Uaylderner kema halokatida tirik qolgan, biroq o'z taqinchoqlaridan ayrilgan.

Mashhir "Titanik" kemasi 1912 yili Buyuk Britaniya - AQSh yo'nalishida Atlantika okeanida aysberg bilan to'qnashgan edi. To'qnashuvdan so'ng kema 2 soat 40 daqiqa ichida butunlay cho'kib ketgan. Kema bortida jami bo'lib 2 224 kishi bo'lgan. Ulardan 711 kishi tirik qolgan, holos.

Keyinchalik bir qator ilmiy ekspeditsiyalar davomida cho'kib ketgan "Titanik" bortidan hujjatlar va buyumlar olib chiqilgan.

Gollivudda yaratilgan taniqli "Titanik" filmida ham kemadan olib chiqilgan tilla taqinchoq haqida aytiladi.
XS
SM
MD
LG