Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:35

AQShda 22 yil oldin o'lim hukm etilgan Troy Devis qatl etildi


21 sentabr kuni kechqurun AQShning Jorjiya shtatida 22 yil avval politsiyachini o‘ldirganlikda ayblangan Troy Devis qatl qilindi. Sud qaroriga ko‘ra, Troy Devis ukol qilib o‘ldirildi.

Ko‘plab bahslar sabab bo‘lgan ushbu qatl uch marta kechiktirilgan edi. Har safar Devis advokatlari sud hukmlariga norozilik bildirib, apellyatsiya arizasi yozayotgan edilar.

AQSh Oliy sudi Troy Devisni aybdor deb topib, qatlni amalga oshirish borasida hukm chiqardi.

42 yoshli Troy Devis 22 yil davomida o‘ziga qo‘yilgan ayblarni inkor qilib, aybsizligini isbotlashga urinib keldi.

Internetda Devis himoyasi uchun boshlangan jamoatchilik kampaniyasi davomida qariyb bir million imzo to‘plangan.
XS
SM
MD
LG