Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:47

Dindorlar daydi o‘laroq rasmiylashtirilmoqda


O‘zbekiston maxsus xizmatlari diniy motivlar bo‘yicha gumonlanayotgan shaxslarni qo‘lga olishda yangi usulni qo‘llay boshlagan.

Toshkentdagi Mustaqil inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Sur‘at Ikromovning aytishicha, gumondorlarni hibsda belgilanganidan ko‘proq vaqt ushlab turish uchun militsiya ularni daydi sifatida hujjatlashtirishni boshlagan.

- Ushlab, pasporti bo‘ladimi-yo‘qmi, uni hech qayerda yashamaydigan qilib 30 sutkaga qamash yo‘lini o‘ylab topishdi bular, - deydi Surat Ikromov.

20 sentabr kuni Toshkent viloyati Kibray tumanida o‘z uyi yaqinida Abdumuzaffar Jahongirov pasport rejimini buzganlik aybi bilan hibsga olingan.

- Diniy motivlar bo‘yicha gumonlanayotgan bu shaxsni BOMJ sifatida qo‘lga olishdi, lekin uy joyi, propiskasi bor edi, - deydi Ikromov.

Huquq faoliga ko‘ra, hibsga olish chog‘ida Jahongirovning uyida tintuv o‘tkazilgan, lekin diniy adabiyotlar topilmagan.

Hibsga olishda qatnashgan Zangiota tuman ichki ishlar bo‘limi xodimi Mustaqil inson huquqlari tashabbus guruhi rahbariga Abdumuzaffar Jahongirovning 30 kunga hibsga olingani, tergov uchun 15 kun kamlik qilishini aytgan.

O‘zbekiston qonunchiligiga ko‘ra ichki ishlar xodimlari biron shaxsni 15 kundan ortiq hibsda asossiz ushlab turishga haqlari yo‘q.
XS
SM
MD
LG