Rejissyor Zulfiqor Musoqovning “Qo‘rg‘oshin” filmi Ostonada o‘tkazilgan “Yevroosiyo” xalqaro kinofestivalida maxsus sovringa sazovor bo‘ldi.
Osiyo kino san‘atini rivojlantirish NETPAK tashkilotining hakamlar hay‘ati o‘zining an‘anaviy maxsus mukofotini Zulfiqor Musoqovga topshirdi.
“Qo‘rg‘oshin” filmi sentabr oyi boshida Rossiyada o‘tkazilgan “Kinoshok-2011” xalqaro kinofestivalida eng yaxshi ssenariy nominatsiyasi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan edi.
O‘zbek kino tanqidchilari bu filmining ushbu festivalda nufuzli o‘rinlardan birini egallashiga shubha bildirgan edilar.
“Qo‘rg‘oshin” filmida o‘tgan asrning 50- yillarida KGBda ishlagan Umar ismli o‘zbekning taqdiri haqida hikoya qilinadi. O‘z yurtdoshlarini qatog‘on qilinishiga ko‘maklashib kelgan Umar Stalin o‘limidan so‘ng o‘zini otadi.