Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 14:22

Hillari Klinton Vashingtonda Elyor G‘aniyev bilan uchrashdi


AQShga safar qilayotgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev payshanba kuni Vashingtonda AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton huzurida bo‘ldi.

Muloqot chog‘ida Klinton xonim Afg‘onistonga ta‘minot yuklarining olib o‘tilishida O‘zbekistonning muhim ahamiyatini tilga olgan va AQSh Markaziy Osiyoning bu mamlakati bilan harbiy hamkorlikni kengaytirishni istayotganini qayd etgan.

Bundan oldin AQSh prezidenti Barak Obama O‘zbekiston rahbari Islom Karimov bilan telefonda suhbatlashgan edi.

Chorshanba kuni 60ga yaqin faol Vashingtonda O‘zbekiston-Amerika biznes forumi o‘tayotgan bino oldida namoyish o‘tkazdi.

Forum Amerika-O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi tomonidan tashkillashtirilib, unda Bosh vazir o‘rinbosari, O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Elyor G‘aniyev ham ishtirok etgan.

Pokistondagi beqarorliklar sabab Vashington shu kunlarda Afg‘onistonga O‘zbekistondan o‘tuvchi Shimoliy ta‘minot yo‘liga qiziqish bildirmoqda.
XS
SM
MD
LG