Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 21:04

Gresiya defolt qarshisida qoldi


Yevrohudud Moliya vazirlari nomidan gapirgan Yevro guruh rahbari¸ Lyuksemburg Bosh vaziri Jan-Klod Yunker qarzga botgan Gresiyaning yevrohududdan chiqarilmasligi va bu mamlakatda defolt yuz berishiga ham yo‘l qo‘yilmasligini ta‘kidladi.

Ayni paytda xalqaro auditorlar¸ Gresiya hukumatining Yevropa Ittifoqi va Xalqaro Valyuta jamg‘armasidan navbatdagi moliyaviy ko‘makni olishga loyiq choralar ko‘rgan-ko‘rmaganini o‘rganmoqda.

Agar xalqaro tashkilotlar va yevrohudud davlatlari Gresiyaga qutqaruv paketining keyingi qismini bermasa¸ shu oy o‘rtasiga qadar Gresiya o‘z majburiyatlarini bajarish uchun lozim pulsiz qoladi.

Yevrohududda davom etaëtgan mazkur bo‘hron oqibatida dushanba kuni yevro qimmati AQSh dollariga nisbatan yil davomida eng past ko‘rsatkichga tushdi.
XS
SM
MD
LG