Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 06:58

Londonda Berezovskiy arzi bilan Abramovich sud qilinyapti


Roman Abramovich (ch) va Boris Berezovskiy (o') Oliy Sud binosi oldida.
Roman Abramovich (ch) va Boris Berezovskiy (o') Oliy Sud binosi oldida.
Londonda Boris Berezovskiyning sobiq hamkori Roman Abramovichga nisbatan kiritgan shikoyati bo‘yicha mahkama boshlandi.

Berezovskiy Abramovichdan 5 milliard AQSh dollari miqdorida tovon puli talab qilmoqda.

Berezovskiyga ko‘ra, u 2000-2003 yillarda aynan Abramovichning bosimi ostida o‘ziga tegishli aktivlarni bozor narxidan ancha arzon narxda "Sibneft" shirkatiga sotishga majbur bo‘lgan, Abramovich esa sal keyinroq bundan o‘z manfaati yo‘lida foydalangan.

Dushanba kuni shu mazmundagi da‘vo ustidan boshlangan mahkamada shikoyatchi ham, da‘vogar ham ishtirok etdi.

Bu mahkamaning kamida ikki oy davom etishi taxmin qilinmoqda.
XS
SM
MD
LG