Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 08:31

Ukrainada o'zbek chumchuq kontrabandachilari qo‘lga tushdi


Ukraina Tabiatni asrash qo‘mitasining ma‘lum qilishicha¸ Toshkent-Simferopol reysi bilan uchib kelgan o‘zbekistonlik yo‘lovchilar 382 chumchuq bilan qo‘lga tushgan.

Tekshiruv paytida¸ qushlarning tegishli hujjatlarsiz O‘zbekistondan Ukrainaga olib kelingani aniqlangan.

Aytilishicha¸ chumchuqlar tekshiruvdan o‘tkazilgach¸ ularni qayta O‘zbekistonga yuborishga qaror qilingan.

Hozircha kontrabanda tovari bilan qo‘lga tushgan O‘zbekiston fuqarosiga qanday chora qo‘llanilishi ma‘lum emas.

Chumchuq¸ aytilishicha¸ Ukrainada eng ko‘p tarqalgan qush turlaridan biri. Xususan¸ 2010 yili poliz chumchuqlari mamlakatda “Yilning eng mashhur qushi”¸ deya e‘tirof etilgan.
XS
SM
MD
LG