Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:56

Bunyodkor bilan aloqa "Barselona" sobiq prezidentini sudga olib keldi


Joan Laporta
Joan Laporta
"Barselona" futbol klubining sobiq prezidenti Joan Laporta O‘zbekistonning "Bunyodkor" klubi bilan noqouniy oldi-berdilari bilan bog‘liq holat yuzasidan sudga chaqirildi. Laportaning 10 oktyabr kuni sudda ko‘rsatma bergani haqida Frans Press agentligi xabar qildi.

Ispaniya va jahon futboli olamidagi eng mashhur klublardan birining sobiq rahbari Bunyodkor xo‘jayinlari bilan amalga oshirgan noqonuniy moliyaviy sxemalar yordamida 10 million yevro miqdoridagi pulni cho‘ntakka urgani haqidagi xabarni 2009 yilda turkiyalik futbol agenti Bayram Tutumli tarqatgan edi.

2008 yilda Barselona bilan "Bunyodkor" o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, ispan klubining qator futbolchilari, jumladan Lionel Messi, Karles Puyol va Adres Inyestalar O‘zbekistonga master-klass ko‘rsatgani borganini eslatmoqda Frans Press.

Tutumlu "Berselona" prezidenti va O‘zbekiston prezidenti to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilgan va 2010 yilda singan Zeromaks shirkati o‘rtasida vositachilik qilgani uchun haq ololmaganini aytgan edi. Uning iddaolarga ko‘ra, "Bunyodkor" bilan aloqalardan tushgan noqonuniy to‘lovlar Shveytsariyadagi Laportaga qarashli advokatlik firmasi hisob raqamiga o‘tkazilgan.

"Barselona"ga 2003-2010 yillarda prezidentlik qilgan Laporta turkiyalik futbol agentining ayblovlarini inkor qilgan.
XS
SM
MD
LG