Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:01

Yuliya Timoshenkoga 7 yillik qamoq jazosi berildi


Yuliya Timoshenko
Yuliya Timoshenko
Kiyev sudi Ukraina sobiq bosh vaziri Yuliya Timoshenkoni lavozimini suiiste‘mol qilganlikda aybdor, deb topib, 7 yil qamoq jazosiga hukm qildi.

Kiyev sudi Yuliya Timoshenkoni 2009 yilda Ukrainaning Naftogaz shirkatiga Rossiyaning Gazprom shirkati bilan shartnoma imzolash to‘g‘risida ko‘rsatma berib, xizmat salohiyatini suiiste‘mol qilganlikda aybdor deb topib, yetti yil muddatga ozodlikdan mahrum qildi.

Yuliya Timoshenko sud zalida.
Yuliya Timoshenko sud zalida.
Joriy yilning 24 iyunidan buyon davom etib kelgan mahkamaga raislik qilgan sudьya Rodion Kireyev o‘z hukmini 11 oktbyar o‘qidi.

- Yuliya Vladimirovna Timoshenko Ukraina Jinoyat kodeksining 365-moddasi, 3 qismiga ko‘ra jinoyat sodir etganlikda aybdor, deb topildi va yetti yilga ozodlikdan mahrum qilindi,- dedi sudьya Rodion Kireyev.

Sud hukmiga ko‘ra, Timoshenkoning uch yil davomida davlat lavozimlarida ishlashi taqiqlandi.

Shuningdek, sud Naftogaz shirkatining fuqarolik da‘vosini qanoatlantirib, shirkat foydasiga Timoshenkodan 200 million AQSh dollarini undirish haqida qaror qabul qildi. Sud bu mablag‘ni undirish uchun Timoshenkoning turar joyi musodara qilinishini ma‘lum qildi.

Timoshenko sud hukmidan norozi ekanligi va inson huquqlari bo‘yicha Yevropa sudiga shikoyat qilishini ma‘lum qildi.

Киевдаги суд олдида Тимошенко тарафдорлари йиғилди
Илтимос кутинг

Айни дамда медиа-манба мавжуд эмас

0:00 0:01:47 0:00
Бевосита линк

​Sud tanafusga chiqqan payti Timoshenko jurnalistlarga intervyu berib, sud hukmi siyosiylashtirilganini ta‘kidlab, ukrainaliklarni Yanukovich rejimiga qarshi kurashishga chaqirdi.

- Men barchaga,Ukrainaning barcha vatanparvarlariga murojaat qilaman - ozodlik va adolat haqqi Ukrainani avtoritarizm, diktaturadan himoya qiling. Hozir Ukraina uchun o‘ta muhim vaziyat. Birlashing. Kuchli bo‘ling,- dedi Timoshenko.

Timoshenko keyingi yildagi parlament saylovlarida ishtirok etish huquqidan ham mahrum bo‘ldi.

Yevropa Ittifoqi Timoshenkoning yetti yilga qamalganidan "chuqur afsuslanish" bildirib, buning ortida siyosiy motivlar turganini aytmoqda.

Yevropa Ittifoqining Tashqi siyosat bo‘yicha mutasaddisi Ketrin Eshton Ukraina hukumati Timoshenko appellyatsiya arizasi topshirgan taqdirda, uni adolatli tarzda ko‘rib chiqishga chaqirdi.

Yervokomissiya Timoshenkoning qamalishi Ukraina bilan Yevropa Ittifoqi munosabatlarining rivojlanishiga ta‘sir qilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

Kiyev markazida Timoshenkoning yuzlab tarafdorlari sud hukmiga norozilik bildirib yig‘ildi. Norozilar bilan kuch ishlatar tizimlar o‘rtasida to‘qnashuv kelib chiqqani aytilmoqda. Biroq talofatlar haqida ma‘lumotlar yo‘q.
XS
SM
MD
LG