Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:17

Rossiyada O‘zbekiston avtomobillari savdosi hajmi oshmoqda


2011 yilning yanvar-sentyabr oylarida GM Uzbekistan O‘zbekiston-Amerika qo‘shma korxonasida ishlab chiqarilgan avtomobillar savdosi Rossiyada o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 31 foizga ko‘paydi.

Yevropa biznesi assosiatsiyasining avtomobil ishlab chiqaruvchilar qo‘mitasi ma‘lumotiga ko‘ra, Rossiyada joriy yilning to‘qqiz oyi davomida GM Uzbekistan korxonasi zavodida yig‘ilgan 71 ming 623ta yengil avtomobil sotilgan.

Ularning 41 ming 904tasi Neksiya va 29 ming 719tasi Matiz rusumidagi avtomobildan iborat.

Qo‘mita ma‘lumotiga asoslanib UzDaily.uz nashrining xabar qilishicha, 2011 yilning to‘qqiz oyi davomida Rossiyada eng ko‘p avtomobil sotgan shirkatlar orasida GM Uzbekistan o‘ninchi o‘rinni egallagan.
XS
SM
MD
LG