Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:30

O‘zbekistonda majburiy obuna kompaniyasi boshlandi


Bu kompaniya og‘irligi yana har yilgiday byudjet tashkilotlari xodimlari zimmasiga tushmoqda.

Har yili shu bo‘lar takror...

O‘zbekistonda kelgusi yil uchun obuna kompaniyasi boshlanishi bilan byudjet tashkilotlarida ishlovchilarning ko‘ngliga g‘ulg‘ula tusha
boshlaydi.

Ularni faqat bitta savol o‘ylantiradi: “Bu yil obuna uchun mening maoshimdan qancha pul ushlab qolarkin?”

O‘qituvchi va shifokorlardan qaysi gazetaga obuna bo‘lishni istaysiz, degan savol juda kam so‘raladi¸ ëki umuman so‘ralmaydi.

Har bitta byudjet tashkiloti¸ eng avvalo hukumat gazetasi, partiyalar gazetalari, undan so‘ng esa o‘z mutaxassisligi bo‘yicha gazetalarga obuna bo‘lishi shart.

Hukumat gazetalaridan birining ismi aytilishini istamagan xodimiga ko‘ra, har yili obuna kompaniyasi boshlanishi bilan jurnalistlar viloyatlarga xizmat safarlariga yuboriladi:

- Bu bizning har yili qiladigan ishimizku. Hokimiyatga boramiz, hokim bilan uchrashamiz, maqsadimizni aytamiz. Hokimdan, misol uchun, "Sizning gazetangizga 500 ta obuna qildirib beraman", degan va‘dani olamiz. Shunday qilib tumanlarni aylanib chiqamiz. To‘g‘ri, hokimlar aynan shuncha obuna qildirmaydiyu, har holda yarmini qilib beradi, deydi hukumat gazetasi jurnalisti.

Ayni manbaga ko‘ra¸ hokimlar huzuriga shuningdek, partiya gazetalaridan ham jurnalistlar boradi. Tumandagi "yutuq"larni maqtab maqola chiqarish evaziga hokim o‘z o‘rinbosarlariga, o‘rinbosarlar esa byudjet tashkilotlari rahbarlariga “Shuncha obuna qildirib berasan!” deb, buyruq beradi.

"Sendan so‘rab o‘tirmaymiz!"

Qashqadaryo viloyatining Chiroqchi tumanidagi maktablardan birida ishlayotgan o‘qituvchi ham¸ tanqid ortidan baloga qolishdan cho‘chidi va ismini oshkor etmadi. Unga ko‘ra, sobiq ittifoq davridan qolgan majburiy obuna tartibi mustaqillik yillarida yanada qattiqlashgan:

- Bizda asosan “Xalq so‘zi”, “O‘zbekiston ovozi”, “Milliy tiklanish” degani bor partiyaning gazetalari, “Ma‘rifat”, “Ta‘lim taraqqiëti”, “Huquq”, “Adolat tarozisi”ga ko‘p obuna qildiriladi. Obunani reja qiladi. O‘qituvchining hajmiga qarab bo‘lib beradi. Bizning maktabga bir yilga bir milliondan ko‘proqqa obuna qilinishga buyruq beriladi, biz endi 600-700 ming atrofida qilayapmizda, deydi chiroqchilik o‘qituvchi.

Buxoro viloyatining Qorako‘l tumanidagi Neft kollejida ishlaydigan o‘qituvchi Ibod Hakimov ham obuna majburiy ekanligini ta‘kidlay turib, o‘qituvchilarda hatto o‘zi xohlagan gazetaga obuna bo‘lish huquqi ham yo‘qligini aytadi:

- Majburiy obunada hech kimdan so‘ralmaydi. Ish haqiga qarab 10 foizmi, ko‘proqmi, oylikdan saqlaydi qo‘yadi. Gazetasini ham ko‘rmaymiz. Qaysi gazetaga obuna bo‘lganimizni ham bilmaymiz, o‘zlari aytganini, xohlaganini qiladi.

O‘tgan yil mendan 38 mingmi saqladi. “Nimaga bu?” desam, “Kerak bo‘lsa sizlardan so‘ralmaydi ham” dedi. Kimning ishdan ketgisi keladi? Shu bo‘yicha bir-birimizga “Qo‘ying. Qayerda qolmaydi” deb, qo‘l qo‘yib berib yubordik, deydi Ibod Hakimov.

"Six ham kuymaydi, kabob ham"

Buxorolik yana bir o‘qituvchi Said Ravshanning aytishicha, Buxoro shahridagi huquqshunoslik kolleji rahbariyati “bosh og‘riqsiz” obuna qildirishning yangi yo‘lini o‘ylab topdi:

- Mana shu yuridik texnikumida shunday. Boshqa kollejlarda ham shunday. Misol uchun, paxtaga bormadimi, kelgandan keyin markaziy gazetalardan bittasiga bir yillikka obuna bo‘lishi kerak. Yo “gazetaga obuna bo‘lasan, yo bo‘lmasa ketasan” deb aytayapti, deydi Said Ravshan.

Shikoyatga o‘rin yo‘q???

Majburiy obuna o‘zbekistonlik iste‘molchilar huquqlari buzilishining bir tomoni va bu surunkali jaraën oddiy o‘zbekistonlik iste‘molchi nega majburiy obuna bo‘lishga majbur degan savolni kun tartibiga qo‘yadi?

O‘zbekiston Iste‘molchilar huquqlarini himoya qilish federatsiyasi xodimi Akmal Ergashevning Ozodlikka aytishicha, amaldagi qonunlarga ko‘ra, iste‘molchini gazeta-jurnallarga obuna bo‘lishga majburlash mumkin emas.

Ayni paytda¸ federatsiya rasmiysi shu paytgacha bu jaraënning majburiy xarakterda ekaniga od fuqarolardan birorta ham shikoyat tushmaganligini qo‘shimcha qildi.
XS
SM
MD
LG