Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 05:40

Ohayoda 49 yovvoyi hayvon otib o‘ldirildi


AQShning Ohayo shtatida egasi tomonidan ochiqqa qo‘yib yuboilgan 49 yovvoyi hayvon otib o‘ldirildi. Bir nechta sher, grizli ayiqlari, va qizil kitobga kiritlgan 18 ta Bengal yo‘lbarslari Zansevill shaharchasidagi xususiy qo‘riqxonadan qo‘yib yuborilgani aytilmoqda.

Politsiyaning aytishicha, yovvoyi hayvonlarning egasi 62 yashar Terri Tompson ularni qo‘yib yuborgach o‘z joniga qasd qilgan. Suiqasd sabablari aniqlanmoqda.

Chorshanba kuni tunga qadar hayvonlarning 49 tasi politsiya tomonidan otib o‘ldirildi beshtasi ushlandi, bitta makaka maymuni qidirilmoqda.

Politsiya yonlarida hayvonlarni uxlatadigan o‘qlari bo‘lmagani bois va qorong‘u tushguncha vaziyatni nazoratga olish maqsadida shahar bo‘ylab kezib yurgan hayvonlarni otib o‘ldirishga to‘g‘ri kelganini aytmoqda.

Xabarlarga ko‘ra, Tompson bir necha marta hayvonlarga yomon munosabatda bo‘lgani uchun javobgarlikka tortilgan va o‘tgan oyda noqonuniy tarzda qurol saqlaganlik aybi bilan qamoqda o‘tirib chiqqan.
XS
SM
MD
LG