Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:46

Qaddafiy o‘ldirilishi bayram qilinmoqda


Liviyaliklar poytaxt Tripoli va boshqa shaharlarda Muammar Qadadfiyning o‘ldirilganini bayram qilmoqda.

Xalqaro hamjamiyat ham Liviyani 42 yil davomida boshqargan 69 yoshli Qaddafiyning yo‘q qilinganini olqishladi.

AQSh Prezidenti Barak Obama Qaddafiyning o‘limi Liviya xalqi uchun uzoq davom etgan og‘riqli davrning tugashini anglatadi, deya bayon qildi.

- Bu Liviya tarixidagi muhim kundir. Zulmning qora ko‘lankasi olib tashlandi. Bu buyuk umidbaxsh kunda Liviya xalqi zimmasiga Qaddafiy diktatorligining aksi bo‘lgan, barcha tomonlar ishtirokidagi tolerant va demokratik Liviyani qurish mas‘uliyati tushadi, dedi Obama.

Muvaqqat hukumat raisi Mahmud Jibril Liviyaning to‘la ozod qilingani payshanba yoki juma kuni e‘lon qilinadi, deya ma‘lum qildi. Uning aytishicha Qaddafiy boshiga tekkan o‘qdan o‘lgan.

O‘tish davri milliy kengashi rasmiylari Qaddafiyni o‘ldirishga buyruq berilmagani, u ushlanganidan keyin sobiq yetakchi tarafdorlari bilan isyonchilar o‘rtasida chiqqan otishma natijasida halok bo‘lganini aytishmoqda.

Qaddafiy shu yil boshida ko‘tarilgan isyon fuqaroviy urushga aylanib ketgani oqibatida hokimiyatdan ag‘darildi. Qaddafiyni ag‘darishda isyonchilarga NATO kuchlari havodan yordam berdi.

Shuningdek muvaqqat rasmiylarning aytishicha, Qaddafiy o‘g‘illaridan biri Mutassim ham uni qo‘lga olganlarga qarshilik ko‘rsatgan paytda o‘ldirilganini aytishmoqda.

Qaddafiyning vorisi deb ko‘rilgan o‘g‘li Sayf al-Islomning taqdiri aniq emas. Ba‘zi xabarlarga ko‘ra, u yo qo‘lga olingan, yo Sirtdan qochayotgan paytda o‘ldirilgan.
XS
SM
MD
LG