Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:22

Turkiyada zilzila qurbonlari soni mingdan oshishi mumkin


Van shahrida zilzila oqibatida vayronaga aylangan uylardan birida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Van shahrida zilzila oqibatida vayronaga aylangan uylardan birida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.
Yakshanba kuni Turkiya sharqida sodir bo‘lgan kuchli zilzila oqibatida halok bo‘lganlar soni 200dan oshdi. Tahlilchilar zilzila qurbonlari soni mingdan oshishi mumkinligini taxmin qilmoqdalar.

Turkiya Ichki ishlar vaziri Idris Naim Sohimga ko‘ra, Erjish shahrida 117 kishi, Van shahrida esa 100 kishi halok bo‘lgan, 1000 dan ziyod kishi jarohatlangan.

Istanbul shahridagi “Kandilli” seysmologiya instituti professori Mustafo Erdik matbuot anjumanida jurnalistlarga “zilzila oqibatida 500dan 1000 kishigacha odam o‘lgan” bo‘lishi mumkinligini aytdi.

AQSh Geologiya instituti ma‘lumotiga ko‘ra, zilzila epitsenti Van viloyatining Tabanli shaharchasida yer silkinishi kuchi Rixter o‘lchovi bo‘yicha 7,3 ballni tashkil qilgan.

Turkiya matbuoti ma‘lumotiga ko‘ra, zilzila bo‘lgan hududlarda telefon tarmoqlari va eletr energiyasi uzilgan.

NATO, Xitoy, Yaponiya, AQSh, Ozarbayjon va Yevropa davlatlari Turkiyaga o‘z ko‘maklarini taklif qilishdi.
XS
SM
MD
LG