Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:36

Shimoliy Afg‘onistonda O‘IH faoli qo‘lga olindi


Afg‘oniston va NATO yetakchiligidagi xalqaro kuchlarning poytaxt Kobuldan 245 kilometr shimoldagi Tahor viloyatida o‘tkazgan qo‘shma amaliyotlari natijasida O‘zbekiston islomiy harakati janggarisi qo‘lga olindi¸ deb xabar berdi xalqaro kuchlar matbuot xizmati.

Mazkur bayonotga ko‘ra¸ Bangi rayonida qo‘lga tushgan O‘IH faoli Afg‘oniston shimolidagi hukumat rasmiylariga qarshi hujumlarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullangan.

Hozircha O‘IHning hibsga olingan faoliga oid boshqa tafsilotlar e‘lon qilinmadi.

Ayni paytda¸ xavfsizlik kuchlarining Bangi tumanidagi amaliyotlar davomida yana ikki janggari qo‘lga olingan.
XS
SM
MD
LG