Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 01:44

O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni 7,9 millionga yetdi


Joriy yilning 1 oktyabr holatiga O‘zbekistonda Internetdan foydalanuvchilarning umumiy soni 7,9 millionga yetdi.

Bu haqda O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligining to‘qqiz oylik yakunlariga bag‘ishlangan yig‘ilishida ma‘lum qilindi.

Agentlik ma‘lumotiga ko‘ra, mamlakatdagi 3,57 million kishi Internet kafelar va shaxsiy kompyuterlari orqali Internetga kiradi. Mobil telefonlari orqali Internetdan foydalanuvchilar soni 4,327 millionni tashkil qiladi.

Agentlik hisob-kitobiga ko‘ra, har 1000 kishidan 277 nafari jahon tarmog‘idan foydalanish imkoniga ega.

Agar O‘zbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi ma‘lumotiga ishonilsa, har to‘rt o‘zbekistonlik Internetdan foydalanayapti.

O‘zbekistonda Internet foydalanuvchilari soni yildan-yilga oshayotganiga qaramay mamlakat aholisi hamon mustaqil manbalardan axborot olish imkonidan mahrumligicha qolmoqda.

Mamlakatda hukumat xush ko‘rmaydigan muxolifat va mustaqil veb-nashrlar, ayrim xorij saytlari to‘sib qo‘yilgan.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti O‘zbekistonni doimiy ravishda Internet dushmanlari ro‘yxatiga kiritib keladi.

Chegara bilmas muxbirlar tashkiloti o‘z hisobotida O‘zbekistonda internet saytlari aynan Aloqa va axborotlashtirish agentligi qoshidagi Monitoring markazi yordamida bo‘g‘ilishini ma‘lum qilgan.
XS
SM
MD
LG