Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 04:47

Qaddafiy sahrodagi maxfiy joyga dafn etildi


Liviyaliklar Qaddafiyning muzlagan jasadini ko‘rish uchun navbat kutmoqda.
Liviyaliklar Qaddafiyning muzlagan jasadini ko‘rish uchun navbat kutmoqda.
20 oktyabr kuni isyonchilar tomonidan shavqatsizlarcha o‘ldirilgan Liviyaning 42 yillik diktatori Muammar Qaddafiy 25 oktyabr kuni sahrodagi maxfiy joyga ko‘mildi.

Qaddafiy bilan birga o‘ldirilgan o‘g‘li Mutassim va marhum diktator yordamchilaridan biri ham ayni joyga dafn etildi¸ deb xabar tarqatdi Liviya muvaqqat hukumati rasmiylari.

Rasmiylarga ko‘ra¸ marhumlarning barchasi “islomiy urfga ko‘ra” ko‘milgan.

Qaddafiy va yaqinlari jasadi to‘rt kun davomida Misratadagi go‘sht ombori muzlatgichida saqlandi va aholiga ochiq namoyish etildi.

Qaddafiyning o‘limi NATO yetakchiligida olib borilgan sakkiz oylik harbiy amaliyotlarga nuqta qo‘ydi.

Ayni paytda¸ Liviya diktatorining sudsiz-surishtiruvsiz vahshiylarcha o‘ldirilgani xalqaro maydonda e‘tirozga sabab bo‘lmoqda va mamlakat muvaqqat hukumati bu voqea yuzasidan tekshiruv o‘tkazishga va‘da bermoqda.

Liviya O‘tish davri milliy kengashi raisi Mustafo Abdul Jalil Qaddafiyning o‘ldirilishini taftish qilish bo‘yicha mustaqil qo‘mita tuzilganini e‘lon qildi.

Liviyaga oid yana bir xabarga ko‘ra¸ bugun Qaddafiyning ona shahri Sirtdagi yonilg‘i omborida yuz bergan portlash oqibatida¸ Al-Arabiya telekanaliga ko‘ra¸ 100dan oshiq odam o‘lgan.

Portlash¸ mahalliy aholi ombordan o‘z mashinalariga bepul benzin quyishga yopirilgan mahal sodir bo‘lgan.
XS
SM
MD
LG