27 oktyabr kuni Sankt Peterburgda millatchilar "Zenit" futbol klubi fanati Roman Lovchikov xotirasiga bag‘ishlab ommaviy aktsiya uyushtirishni rejalashtirmoqda. 22 yoshli fanat Roman Lovchikov 19 okyatbr kuni o‘ldirilgan edi. Sud uni o‘ldirganlikda gumon qilinayotgan uch nafar o‘zbekistonlikni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi.
Sankt Peterburgdagi millatchi tashkilotlari uch nafar o‘zbekistonlik bilan bo‘lgan mushtlashuvda halok bo‘lgani aytilayotgan “Zenit” futbol klubi fanati Roman Lovchikov xotirasiga bag‘ishlab 27 oktyabr kuni o‘tkazilishi kutialyotgan ommaviy yurishga odamlarni da‘vat etmoqda.
Turli ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan xabar va ma‘lumotlarda Lovchikov o‘limiga milliy tus berilib, qotillik “o‘zbeklar” tomonidan sodir etilganiga urg‘u berilmoqda.
Kuzatuvchilar bunday shov-shuvning ko‘tarilishi ortidan Peterburg va Rossiyaning boshqa shaharlarida mehnat muhojirlariga nisbatan zo‘ravonliklar soni oshib ketishi mumkinligidan ogohlantirmoqda.
Rossiya "madaniy poytaxti" hisoblanmish Sankt Peterburgdagi yurishda “Russkiye harakati", "Rus imperiyasi harakati", DPNI, “Rus jamoatchilik harakati” va boshqa millatchi guruhlar ishtirok etishini e‘lon qildi.
“Biz barchangizni 27 oktyabr kuni soat 20.00 da Sankt-Peterburgda “Gostiniy dvor” metro bekati yonida bo‘lib o‘tadigan xotira aktsiyasida ishtirok etishga chaqiramiz. Bu tinchlik aktsiyasi, atirgul, sham, fotosurat va boshqa simvolika bilan kelishingizni so‘raymiz. Jinoyatning jazosiz qolishiga yo‘l qo‘ymaymiz! Biz immigratsiya tartibi o‘rnatilishi tarafdorimiz!” deb yozdi tadbir tashkilotchilari ijtimoiy tarmoqlardan birida.
Ayni paytda mahalliy politsiyachilar Sankt Peterburgda ham o‘tgan yili Moskvada “Manejnaya maydoni”da ro‘y bergan voqealar takrorlanishi mumkinligidan xavotirda.
Ozodlik bilan suhbatlashgan Rossiya Tergov qo‘mitasining Sankt-Peterburg bo‘yicha Bosh boshqarma rahbari muovini polkovnik Sergey Kapitonov muhojirlar va mahalliy yigitlar o‘rtasidagi janjal na sportga va na biror millatga aloqasi borligini ta‘kidlaydi.
- Tergov davom etmoqda. Ammo hozirdan aytishim mumkinki, mushtlashuv sababi maishiy xarakterga ega va mutlaqo sportga aloqasi yo‘q. Shuningdek, bu janjal mushtlashganlarning millatiga taaluqli tomoni ham bo‘lmagani aniq. Shunga qaramasdan o‘zbekistonliklarning uch nafari ham qo‘lga olindi,- deydi tergov bo‘limi xodimi Sergey Kapitonov.
Sankt Peterburg Tergov boshqarmasi rasmiysiga ko‘ra, 18 oktyabr kuni kechasi soat 10 larda uch nafar O‘zbekiston fuqarosi - 41 yoshli Ikrom Roziqov, uning ukasi 33 yoshli Nizom Roziqov va 32 yoshli Ma‘mur Qudratovlar bilan to‘rt nafar mahalliy fuqaro o‘rtasida janjal kelib chiqqan.
Janjal payti Ikrom Roziqov mahalliy yigitlardan birini metal truba bilan urgan.
"Zenit" futbol klubi fanati 22 yoshli Roman Lovchikov keyinchalik olgan jarohati natijasida uyiga yetmasdan o‘lgan. Mahalliy fuqarolardan yana biri Roman Fyodorov jarohatlanib shifoxonaga yetkazilgan.
Sankt Peterburgdagi “Umid” O‘zbeklar jamiyati raisi Alijon Haydarov mushtlashuvni aynan rus yigitlari boshlaganini aytadi.
- Ular o‘zlari boshlagan. O‘zbek yigitlari podvalda trubalarni sozlayotgan bo‘lgan. Bular esa podvalga kirib mushtlashgan. Nega podvalga tushadi urushgisi kelmasa?! Bu yigitchalar to‘rt kishlashib biznikilarga tashlangan. Janjal paytida bittasi truba bilan boshiga behostan urib qolgan. Ular o‘zini – o‘zi himoya qilgan. Agarda ruslar mardikorni o‘ldirib ketganda edi bu normal holat sifatida qabul qilinar edi,- deydi Alijon Xaydarov.
To‘rt mahalliy yigit va uch o‘zbek o‘rtasidagi mushtlashuv payti o‘zbeklar jarohat olganmi yo‘qmi, bu haqda Sankt Peterburg Tergov Boshqarmasi saytida biror ma‘lumot berilmagan.
22 oktyabr kuni Peterburgning Neva tuman sudi Ikrom Roziqov, Nizom Roziqov va Ma‘mur Qudratovlarni hibsda saqlash muddatini uzaytirdi, deydi Ozodlik radiosiga sudya Arina Galьtseva
- Hozircha ular 2 oyga qamaldi, keyin esa ma‘lum bo‘ladi. Buni Tergov ishlarini olib borayotgan Tergov qo‘mitasi vakillari hal etadi,- dedi yana bir oylik qamoq muhlatini qo‘shib aytishni unutgan sudya Arina Galьtseva.
Roman Lovchikov o‘limi bilan bog‘liq vaziyat Rossiya jamoatchiligida millatchilik kayfiyatining ko‘tarilayotganini anglayotgan “Zenit” futbol klubi fanatlari va Romanning do‘stlari o‘zlarining rasmiy “Landskrona” saytida 27 oktyabrdagi millatchilar yurishlarida ishtirok etmaslikka chaqirdi.
“Bu odamlar va tashkilotlar kim ekanligi va nima maqsad ko‘zlayotganini anglash qiyin emas. Ishoning, Romanning oilasi va do‘stlariga ularning hech qanday aloqasi yo‘q”, deyiladi “Zenit” fanatlari saytida chiqarilgan murojaatnomada.
Hibsga olingan o‘zbekistonliklarga nisbatan Rossiya Jinoyat Kodeksining 111-moddasi 4-qismi, ya‘ni shaxs o‘limiga sabab bo‘lgan qasddan sog‘ligiga zarar yetkazish bo‘yicha jinoiy ish ochildi.
Bu moddaga ko‘ra, hibsda qolayotgan O‘zbekiston fuqarolariga 15 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin.