Линклар

Шошилинч хабар
08 ноябр 2024, Тошкент вақти: 07:54

O‘zbekistonliklar o‘zbek mashinalari sotib ololmayapti


O'zbekistonda chiqayotgan yangi avtomobil - Chevrolet Captiva.
O'zbekistonda chiqayotgan yangi avtomobil - Chevrolet Captiva.
O‘zbekiston jahondagi avtomobil ishlab chiqaruvchi 28 davlatning biri bo‘laturib, aholisiga avtomobil yetishtirib berolmayapti.

Shu kunlarda O‘zbekistonning qaysi avtosaloniga bormang mashina yo‘q.

Xorazmlik tadbirkor Matrasul yangi "Lacetti"ga yetadigan puli bor, lekin mashina ololmay sarson.

- O‘zida mashina zavodi bo‘lib turib, mashina yetishmasa, bu nima degan gap. Mayli dollarga qilib qo‘yibdi, dollarga sotayapti, o‘zimizni milliy so‘mga emas, shunga ham rozi bo‘ldik. Lekin, dollarga ham salonda yo‘qku,- deydi Matrasul.

Toshkentning Sirg‘ali mavzesidagi avtosalonga qo‘ng‘iroq qildik. Haqiqatan ham salonda mashina yo‘q.

- Salonda mashina yo‘q. Bir oydan keyin qo‘ng‘iroq qilib ko‘ring,- dedi sotuvchi yigit.

Toshkentdagi boshqa avtosalonlarni ham aylandik.

- Hozir sotiladigan mashina yo‘q. Faqat shartnomaga. Marhamat qilib, navbatga yozilib, mashina narxini 85 foizini dollarda naqd to‘laysiz. Ana undan keyin “Lacetti”ga shartnoma imzolashimiz mumkin. Kelasi yil mart, aprel oyida mashina tayyor bo‘lib qolar,- deydi Toshkentdagi Roxat avtosaloni hodimasi.

Toshkentlik Toxir ham uch oydan buyon mashina olaolmay sarson.

- Mashina defitsit. Odamlar navbatga turib pulni to‘layapti, lekin ancha vaqt kutib qolishyapti. Nimaga bundayligini bilmayman, balki mashinalarni ko‘proq chetga sotishayotgandir. Ahir hukumatni maqsadi mamlakatga chetdan ko‘proq valyuta tushumini ta‘minlashku,- deydi Toxir.

O‘zbekistonda ishlab chiqariladigan "Neksiya" va "Matiz" avtomobillari Rossiyada eng ko‘p sotilayotgan xorijiy rusumlar hisoblanadi.

Avtomobil ishlab chiqaruvchilar uyushmasi hisobotiga ko‘ra, GM Uzbekistan o‘zbek-amerika qo‘shma korxonasi so‘nggi to‘qqiz oy ichida Rossiyaga yengil avtomobil sotishni 31 foizga oshirgan va joriy yilning yanvar-sentyabr oylari oralig‘ida Rossiyaga 71623 ta turli hil Chevrolet mashinalarini sotgan.

O‘tgan bu davr ichida GM Uzbekistan Rossiyaga mashina sotish bo‘yicha o‘ninchi pog‘onaga ko‘tarilgan.

O‘zDEUavto yopiq turdagi hissadorlik jamiyati bazasida 2008 yilda tashkil etilgan GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi yiliga 250 ming avtomobil ishlab chiqaradi.

Lekin, O‘zbekistonda ishlab chiqarilayotgan avtomobillar mamlakat ichida ham o‘zbek so‘mida emas, AQSh dollariga sotilyaptiku?

- Shunga biz ham hayronmiz. Hozir Rossiyadan dollar kelyapti, u yerda ishlayotgan aka-ukalarimiz jo‘natyapti. Cho‘ntagimizda dollar bo‘lsa ham mashina olaolmayapmiz. Yo‘q mashina - deydi Matrasul.

O‘zbekistonning ichki avtobozorida mashinalar narxi Rossiyadagidan ham yuqori. Tahlilchilar fikricha, avtomobillar savdosi mamlakat yuqori doiralaridagi korruptsiya ko‘rinishining bir turiga kiradi.

O‘zbekistonda chetda ishlab chiqariladigan boshqa tur mashinalarni olib kiritilishi uchun yirik miqdorda boj to‘lovlari joriy etilgan.

GM Uzbekistan monopoliyasa mamlakatdagi mahalliy haridorlarga chetdan boshqacha mashina olish tanlovini qoldirmagan.

GM Uzbekistan shirkatining 75 foiz ulushiga ega O‘zAvtosanoat rasmiylaridan mashinalar taqchilligi borasida tushuntirish olaolmadik.

AQShda yashayotgan o‘zbekistonlik siyosatshunos Toshpo‘lat Yo‘ldoshevning aytishicha, O‘zbekistondagi zavod mamlakat aholisining mashinaga bo‘lgan extiyojini qondira oladigan darajaga ko‘tarilgani yo‘q hali.

- Hali O‘zbekiston bu borada o‘zi mo‘ljallangan proyekt moshnostiga chiqqanicha yo‘q, - deydi Yo‘ldoshev.

GM Uzbekistan rasmiy saytida keltirilishicha, o‘tgan yil mobaynida 143 mingta avtomobil O‘zbekiston ichki bozorida sotilgan.

GM Uzbekistan 2008 yilda tuzilgan qo‘shma korxona bo‘lib, uning 75 foiz ulushi O‘zAvtosanoat, 25 foiz aktsiyalari esa Amerika shirkatiga qarashlidir.

Yaqinda O‘zbekistonga safar qilgan AQSh Davlat kotibi Hillari Klinton Toshkentdagi GM Powertrain Uzbekistan o‘zbek-amerika qo‘shma korxonasi ochilishi chog‘i avtomobil dvigatellari ishlab chiqaruvi bu zavodni ikki davlat hamkorligi timsoli deb atadi.

AQSh va O‘zbekiston o‘rtasida tuzilgan “GM Uzbekistan qo‘shma” korxonasi uchun zamonaviy va ekologik toza avtomobil dvigatellari ishlab chiqaradigan, qariyb 522 million AQSh dollariga teng yangi “GM Powertrain Uzbekistan” zavodi kelasi oydan ishlay boshlashi aytilmoqda.

GM Toshkent viloyatida qurilgan zavodning 52 foiz aktsiyalariga egadir, qolgan 48 foizi O‘zAvtosanoatga tegishli.

Unda GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi mashinalari uchun yiliga 225 ming dona turli hajmidagi motorlar ishlab chiqarilishi ko‘zda tutilgan.

Dunyoning 18 mamlakatida yengil avtomobillar uchun dvigatellar tayyorlanadi. Endi O‘zbekiston ham bu davlatlar qatoriga kirishi mumkin.
XS
SM
MD
LG