Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 15:57

O‘zbekistonda konvertatsiya hamon bosh og‘rig‘i


Rossiyaning fuqarolik aviatsiyasi rasmiylari O‘zbekiston havo yo‘llari shirkati so‘m konvertatsiyasi bilan bog‘liq muammoni hal qilmasa, ushbu shirkat uchqichlarining Rossiya shaharlariga qatnovini to‘xtatib qo‘yish bilan po‘pisa qilmoqda.

Bu haqda Rossiyaning RIA Novosti axborot agentligi xabar qildi.

Ma‘lum bo‘lishicha, hozir O‘zbekistonda Rossiya shirkatlari chiptalar sotilishidan tushgan 54, 6 million dollarga teng so‘mni konvertatsiya qila olmayapti.

O‘zbekistonda mahalliy aholi uchun biletlar milliy pul birligi - so‘mda sotiladi.

Avgust oyidan xorij fuqarolariga aviachiptalarni o‘zbek so‘mida sotish to‘xtatilgan edi.

Agar parvozning boshlanish nuqtasi O‘zbekiston tashqarisida bo‘lsa, o‘zbek fuqarolari ham chiptani xorij valyutasida sotib oladilar.

Tahlilchilarga ko‘ra, bu barcha hisob-kitoblar milliy valyutada amalga oshirilishini nazarda tutadigan O‘zbekistondagi amaldagi qonunchilikka ziddir.

Mutaxassislar buni valyuta tushumlarining kamayib ketgani bilan izohlashmoqda.

Hozirda Rossiyaning “Aeroflot”, “Transaero” i “YuTeyr”, kabi shirkatlari O‘zbekiston va Rossiya shaharlari orasida haftasiga 14 reysni amalga oshiradi.
XS
SM
MD
LG