Линклар

Шошилинч хабар
02 май 2024, Тошкент вақти: 02:54

London sudi Assanj ishi bo‘yicha qaror qabul qildi


Assanj o‘tgan yilning dekabrida Shvetsiya so‘roviga ko‘ra, Buyuk Britaniyada ushlanib, garov evaziga uy qamog'ida qolayotgan edi.
Assanj o‘tgan yilning dekabrida Shvetsiya so‘roviga ko‘ra, Buyuk Britaniyada ushlanib, garov evaziga uy qamog'ida qolayotgan edi.
Bugun London sudi WikiLeaks muassisi Julian Assanjni Shvetsiyaga ekstraditsiya qilish bo‘yicha qaror qabul qildi.

Sud qaroriga ko‘ra, Assanj Shvetsiyada unga nisbatan ilgari surilgan jinsiy tajovuz to‘g‘risida ayblov bo‘yicha so‘roq qilinishi uchun shved hukumatiga topshirilishi kerak.

Assanj o‘tgan yilning dekabrida Shvetsiya so‘roviga ko‘ra, Buyuk Britaniyada ushlanib, garov evaziga ozodlikda qolayotgan edi.

Bugun London sudi Assanjni ekstraditsiya qilish borasidagi dastlabki sud hukmidan norozi bo‘lib, yozgan appelyatsiya arizasini ko‘rib chiqdi.

Assanj Buyuk Britaniya Oliy sudiga apellyatsiya arizasi bilan murojaat qilish huquqiga ega.

Shvetsiya Assanjni jinsiy tajovuzda ayblamoqda.

Assanj bu ayblovlarni AQSh diplomatik idoralariga qarashli minglab hujjatlarni WikiLeaks saytida e‘lon qilganiga javoban qo‘llanilayotgan bosim deya inkor qilmoqda.

Oktyabr oyida Assanj moliyaviy muammolari tufayli maxfiy hujjatlarni e‘lon qilishni to‘xtatishini bildirgan edi. Avvalroq esa, Visa va Master Card to‘lov tizimlari WikiLeaksga pul o‘tkazish yo‘llarini to‘sib qo‘ygandi.
XS
SM
MD
LG