Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:50

Samarqandlik gumondor qiynoqqa solindi


Toshkentdagi Inson huquqlari tashabbus guruhining bildirishicha, odam o‘ldirganlikda gumonlanib hibsga olingan samarqandlik Salohiddin Tilovovni militsiya xodimlari undan iqror olish maqsadida qiynoqqa solgan.

"15 nafar militsiya xodimi Tilovovni qotillik aybini bo‘yniga olishni talab qilib, uni hushidan ketgunicha kaltaklagan. Bu haqda bizga huquq faoli Mamatqul muxtorov ma‘lum qildi. Bir necha kundan keyin qotil topilganidan keyin Tilovov qo‘yib yuborilgan", - dedi Inson huquqlari tashabbus guruhi rahbari Surat Ikromov.

Samarqandning Pastarg‘om tumanidan bo‘lgan 40 yashar Salohiddin Tilovov qo‘yib yuborilaganidan so‘ng, qiynoqqa solingani haqda huquq-tartibot idoralariga shikoyat qilgan, lekin prokuratura bu yuzadan jinoyat ishi qo‘zg‘amadi, deb bildirdi Ikromov.

O‘zbekistonda qiynoqlar ayniqsa tergov jarayonida keng qo‘llanilishi aytib kelinadi.
XS
SM
MD
LG