Линклар

Шошилинч хабар
19 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:21

Bugun Shimoliy Koreyaga qarshi o'ynaymiz


O'zbekiston terma jamoasi.
O'zbekiston terma jamoasi.
Bugun futbol bo‘yicha 2014 yilda Braziliyada bo‘ladigan jahon birinchiligining 3-tur saralash o‘yini doirasida O‘zbekiston terma jamoasi Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR) terma jamaosiga qarshi maydonga tushadi.

O‘yin Toshkentning "Paxtakor" markaziy stadionida o'tadi va mahalliy vaqt bilan soat 10:00da boshlanadi.

Bugungi o'yin 3-tur saralash o'yini doirasidagi javob uchrashuvidir. Bundan roppa-rosa bir oy oldin, 11 oktyabr kuni O'zbekiston terma jamoasi Pxenyanda Shimoliy Koreya termasi ustidan 0:1 hisobi bilan g'alaba qozongan edi.

Ma'lum bo'lishicha, bugungi uchrashuvda O'zbekiston milliy terma jamoasi oq libosda, KXDR esa qizil libosda maydonda tushadi.

11 noyabr kuni O'zbekiston termasi o'ynayotgan "C" guruhida yana bir uchrashuv bo'lib o'tdi. Tojikiston o'z uyida Yaponiyani qabul qildi. O'yin 0:3 hisobi bilan "ko'k samuraylar" foydasiga yakunlandi.

Bugungi kunga kelib "C" guruhidahi vaziyat quyidagicha:

O'yin G'alaba Durang Ochko
1. Yaponiya 4 2 1 10
2. O'zbekiston 3 2 1 7
3. Shimoliy Koreya 3 1 0 3
4. Tojikiston 4 0 0 0

"Yosh to'lqin" tahririyati milliy terma jamoamizga omad tilab qoladi!
XS
SM
MD
LG