Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 02:11

G‘abala-Amuzang temir yo‘lidagi portlash xorij matbuoti diqqatida qolmoqda


Yakshanba kuni aksar xorij nashrlari O‘zbekistonni Tojikiston bilan bog‘lovchi G‘abala-Amuzang temir yo‘lidagi portlash haqida yozdi.

Washington Post, Eurasianet kabi nashrlarda portlash sababi sifatida terrorchilik akti versiyasi ilgari surilganiga e‘tibor qaratilgan.

Hodisa 17 noyabrga o‘tar kechasi Termiz shahrini Tojikistonning Qo‘rg‘on Tepa shahri bilan bog‘laydigan G‘abala-Amuzang temir yo‘l uchastkasida sodir bo‘lgan edi.

O‘zbekiston rasmiy matbuoti dastlabki tergovda terrorchilik akti ilk versiya sifatida ilgari surilayotganini xabar qilgan edi.

Axborot agentliklari xabariga ko‘ra, temir yo‘lda ro‘y bergan portlash oqibatida talafot ko‘rilmagan.

Interfaks axborot agentligi xabariga ko‘ra, portlash sababini o‘rganish uchun hukumat komissiyasi tuzilgan.

Termiz-Qo‘rg‘ontepa o‘rtasidagi 218 kilometrlik temir yo‘ldan 1974 yildan beri foydalanib kelinadi.
XS
SM
MD
LG