Линклар

Шошилинч хабар
05 май 2024, Тошкент вақти: 07:33

Rus generalining bayonoti Qirg‘izistonda tashvish uyg‘otdi


Rossiya generali Nikolay Makarov tahlilchilarni tashvishga solgan bayonot berdi.
Rossiya generali Nikolay Makarov tahlilchilarni tashvishga solgan bayonot berdi.
Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Nikolay Makarov Markaziy Osiyoda urush xavfi mavjudli haqida gapirdi.

Yaqinda Rossiya qurolli kuchlari bosh shtabi rahbari Nikolay Makarov 2014 yilda NATO kuchlari Afg‘onistondan olib chiqib ketilgach, Markaziy Osiyoda qurolli to‘qnashuvlar sodir bo‘lishi mumkinligi haqida bashorat qildi.

Qirg‘izistonlik xavfsizlik bo‘yicha ekspert Imonberdi Jalilov mintaqada bunday xavf mavjudligini aytdi:

- NATO kuchlari Afg‘onistondan chiqib ketsa, Sovet askarlari Afg‘onistonni tark etganda yuza kelgan vaziyat paydo bo‘ladi. Ya‘ni o‘shanda prezident Najibullo hokimiyatni boy bergan edi. Hamid Karzay ham hokimiyatni qo‘ldan chiqarishi va uning o‘rniga radikal kuchlar hokimiyatga kelishi mumkin. Ularni manfaatdor tomonlardan biri yadroviy qurol bilan ham ta‘minlashi ehtimoldan holi emas, -dedi Imonberdi Jalilov.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik xizmatining sobiq rahbarlaridan biri Alisher Abdumo‘munovning fikricha, Rossiya Markaziy Osiyoda o‘z harbiy hozirligini ta‘minlash yo‘nalishida mana shu kabi tashvishli bashoratlarni yoyinlamoqda.

- Makarovning bayonotini “Markaziy Osiyoga kelib, general –gubernator bo‘lib, xalqni talab yotaver” qabilida tushunsa ham bo‘ladi. Rossiya geosiyosiy manfaatlarini hisobga olgan holda, mintaqaga o‘z harbiylarini joylashtirmoqchi bo‘layotir. Mazkur bayonot Rossiyaning mintaqaga oid maxsus loyihasi borligini va Kreml uni tez kunlarda amalga oshirishga harakat qilayotganini bildiradi, -dedi Alisher Abdumo‘munov.

Mahalliy tahlilchilar Markaziy Osiyo AQSh, Rossiya, Xitoy va Eron manfaatlari to‘qnashayotgan nuqtaga aylanib borayotganini ta‘kidlaydilar. Tahlilchilarning aytishlaricha, yirik davlatlar mintaqada o‘z geosiyosiy manfaatlari yo‘lida turli siyosiy o‘yinlarni amalga oshirishi ehtimoldan holi emas.

Ayni paytda Qirg‘iziston kuchishlatar tuzilmalari rasmiylari rus generalining bayonotini “tahdid sifatida emas, ogohlantirish sifatida to‘g‘ri qabul qilish kerak”, degan fikrdalar.

-NATOning Afg‘onistondan ketmasligini Rossiya chin dildan hohlaydi. Negaki, NATO chiqib ketsa, hokimiyat Tolibon qo‘liga o‘tishi mumkin. Bu holatda nafaqat Markaziy Osiyo, balki Rossiya xavfsizligiga ham tahdid paydo bo‘ladi, -dedi Milliy xavfsizlik xizmati general-mayori Artur Medetbekov.
XS
SM
MD
LG