Линклар

Шошилинч хабар
17 апрел 2024, Тошкент вақти: 02:56

O‘zbekiston va Avstraliya jamoalari o‘yini durang bilan tugadi


Sidneyda futbol bo'yicha Avstraliya olimpiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushgan o‘zbekistonlik olimpiyachilar durang natija bilan o‘yinni yakunladi.

Bu esa O‘zbekiston olimpiya terma jamoasiga keyingi yili Buyuk Britaniyada bo‘ladigan Olimpiada o‘yinlari tomon ilgarilash imkonini berdi.

Uff.uz saytining yozishicha, o‘yin jarayonida har ikki jamoa futbolchilari battadan gol urgan, ammo hakamlar buni qayd etmagan va shu bilan ikki jamoa o‘rtasida avvalgi o‘yinda erishilgan durang natija yana takrorlangan.



Olimpiada uchun saralash bosqichining yakuniga yetgan birinchi davra o‘yinlari O‘zbekiston futbolchilari uchun umumiyat-la muvaffaqiyatli bo‘ldi.

Uchinchi saralash bosqichining birinchi davra o'yinlaridan so'ng O'zbekiston 5 ochko bilan (bir g'alaba, ikki durang) "B" guruhida yetakchilik qilmoqda.

Keyingi davra uchrashuvlari esa 5 fevraldan boshlanadi. Xususan, 5 fevral kuni O‘zbekiston va Avstraliya jamoalari o‘rtasida Toshkentda uchrashuv bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.
XS
SM
MD
LG