Линклар

Шошилинч хабар
28 март 2024, Тошкент вақти: 14:48

Internet tsenzurasiga oid hisobot e‘lon qilindi


Bir qator inson huquqlari tashkilotlari Qozog‘iston, Turkmaniston va O‘zbekistondagi Internet va boshqa ommaviy axborot vositalarining hukumatlar tomonidan tsenzura ostiga olingani borasida hisobot chiqardi.

Hisobot Inson huquqlari bo‘yicha xalqaro hamkorlik, Niderlandiya Helsinki qo‘mitasi, Qozog‘istonning Inson huquqlari va qonunchilikka rioya qilish xalqaro byurosi, Inson huquqlari bo‘yicha Turkmaniston tashabbus guruhi va O‘zbekiston mustaqil huquq himoyachilari tashabbus guruhi tarafidan tayyorlandi.

28 noyabr kuni e‘lon qilingan hujjatda Turkmaniston va O‘zbekiston Internet borasida postsovet respublikalari ichida eng repressiv mamlakatlar ekani, bu davlatlarda Internet keng miqyosda nazorat va tsenzura ostiga olingani qayd etilgan.

Inson huquqlari tashkilotlari hisobotida elektron va “shubhali shaxslar”ning uyali aloqalari ham nazorat qilinishi bildirilgan.

Hujjatda ijtimoiy muammolarni ochiq muhokama qiladigan Internetdan foydalanuvchilar hukumatlar tomonidan bosimga uchrashi ham ma‘lum qilingan.
XS
SM
MD
LG