Team Poison xakerlar guruhi Birlashgan Millatlar Tashkilotining minglagan xodimlariga tegishli elektron pochta va ularga bo'lgan parollarni oshkor qilganini iddao qilmoqda. Bu haqda xakerlar o'z Twitter sahifasida e'lon qildi.
Pastebin xizmati saytida chop etilgan "o'g'irlangan" ma'lumotga xakerlarning tushuntirish xati ham tirkalgan. Xatda xakerlar BMT ni "Global Korrupsiya Senati" deya atab, uning bir qator yechimlari va harakatlarini qoraladi. Jumladan, xakerlar BMT ning 1947 yilgi qaroriga muvofiq Isroil hukumati tuzilganini va tashkilotning Yugoslaviyada o'tgan harbiy amaliyotlarga jim qarab turganligi tanqid qildi.
Bi-Bi-Si ga intervyu bergan BMT xodimining aytishicha, xakerlar chindan ham tashkilot serverini "sindirishgan. Biroq o'g'irlangan ma'lumotlar 2007 yilgi, ya'ni bugungi kunda ishlatilmayotgan va katta ahamiyatga ega bo'lmagan ma'lumotlardir.
28 noyabrda esa Team Poison xakerlar guruhi yana bir taniqli "online qaroqchilar" guruhi Anomymous bilan "Operation Robin Hood" amaliyoti doirasida birlashganini e'lon qilgan edi. Xakerlarga ko'ra, ushbu amaliyot davomida yirik moliyaviy muassalarning bank hisoblaridagi pullar xayriya tashkilotlari hisobiga o'tkaziladi.