Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 07:19

YuNESKO qarorgohida ilk bor Falastin bayrog‘i tikildi


Parijdagi tantanali marosimida Falastin Prezidenti Mahmud Abbos ishtirok etdi.

31 oktyabr kuni YuNESKO BMT qoshidagi tashkilotlar ichida birinchi bo‘lib Falastinni mustaqil davlat sifatida a‘zolikka qabul qildi.

Bunga norozilik tariqasida AQSh BMTning ilm-fan masalalari bo‘yicha agentligini moliyalashtirishni to‘xtatdi.

Falastin BMTga to‘laqonli a‘zo bo‘lishga harakat qilib kelmoqda.

Vashington bu masala BMT Xavfsizlik kengashida ovozga qo‘yilgan taqdirda unga veto qo‘yish bilan taxdid qilgan.

AQSh rasmiylari fikricha, BMTga a‘zo bo‘lishdan oldin Falastin Isroil bilan tinchlik bo‘yicha kelishuvga erishishi lozim.
XS
SM
MD
LG