Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:46

TALKO atrofida bahs davom etmoqda


Tojikiston alyuminiy zavodi
Tojikiston alyuminiy zavodi
O‘zbekiston ekoharakati vakillari Tojikiston alyuminiy zavodi rasmiylarini yuzma-yuz muloqotdan qochayotganlikda aybladi.

13 dekabr kuni 12.uz caytida bosilgan “Tojikiston alyuminiy zavodi rahbarlari o‘zbek ekologlari bilan muloqotdan qochmoqda” nomli maqolada yozilishicha, o‘zbek ekologlari shu yil sentyabr va oktyabr oylarida TALKO zavodi rahbariyati nomiga yo‘llagan maktubda zavodning inson salomatligi va atrof-muhitga ta‘sirini birgalikda o‘rganishni taklif qilgan.

O‘zbek ekologlarining bunday taklifni o‘rtaga tashlashiga shu yil sentyabrida tojik rasmiysi Igor Sattarovning Ozodlik radiosi tojik xizmati orqali e‘lon qilgan bayonoti majbur qilgan.

Eslatsak, o‘shanda TALKO zavodining axborot-tahliliy bo‘limi boshlig‘i Igor Sattarov mamlakati o‘zbekistonlik ekologlarni har ikki davlat hududida atrof-muhitni birgalikda tekshiruvdan o‘tkazishga bir necha marta chorlagan, ammo chaqiriqlari ekoharakat vakillari tomonidan e‘tiborsiz qoldirilganini ta‘kidlagandi.

O‘zbekiston Ekologlar harakati ijroiya qo‘mitasi markaziy kengashi raisi muovini Saidrasul Sanginov mavzu yuzasidan Ozodlikka gapirishdan tiyilishini bildirdi, ammo negaligini izohlamadi.

Asnoda Igor Sattarov o‘zbek ekologlari ilgari surayotgan taklif birgina TALKO rahbarlari darajasida hal qilinmasligini ta‘kidlaydi.

- Davlatlararo ahamiyatga ega bu masala hukumatning tegishli idoralari bilan hal qilinganidan keyin u tomonga aniq javob beramiz. Axir bu birgina TALKO boshliqlari bilan hal bo‘lmaydigan masala-ku, - der ekan zavodning axborot-tahliliy markazi boshlig‘i Sattarov bu borada ortiqcha izohdan tiyilishini aytdi.

TALKOning inson salomatligi va atrof-muhitga salbiy ta‘siri atrofida O‘zbekiston ekoharakati vakillari bilan zavod mas‘ullari ko‘pdan buyon bahslashib keladilar.

O‘zbekiston ekologlar harakati vakillaridagi ma‘lumotlarga ko‘ra, Tojikistondagi alyuminiy zavodi atmosferaga 22 ming tonnadan ortiq zararli modda chiqarmoqda va ulardan 120 tonnasi inson salomatligi va tabiat kushandasi sanalgan ftorli vodoroddir. Bunday zaharli chiqindilarning atrof-muhitga chiqarilishidan eng ko‘p 600 ming aholi yashaëtgan Surxondarë tumanlari ziën ko‘rmoqda ekan.

Ekoharakat vakillari TALKO o‘zbekistonlik fuqarolarga tovon puli to‘lashga mas‘ul ekanini uqtirib keladi.

Joriy yil sentyabr oyi boshlarida O‘zbekiston ekologik harakati TALKOning O‘zbekiston aholisi salomatligiga va atrof-muhitga yetkazayotgan salbiy ta‘siri haqida jamoatchilik noroziligi aks etgan murojaatnomani BMT Taraqqiyot Dasturining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga topshirgandi.

BMTga yo‘llagan murojaatnomaga Surxondaryo viloyatining Tojikistonga chegaradosh tumanlarida istiqomat qiluvchi aholining taxminan 758 ming nafari imzo chekkani aytilgan edi.

Bugun o‘sha murojaatnoma taqdiri nima bo‘lgani bilan qiziqdik.

- Hamma joyda tosh-tarozi bor, tartib-qoida bor. O‘sha tartib-qoida asosida siz O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida akkreditatsiyasidan o‘ting va bizga murojaat qiling, biz bu savollaringizga yuz foiz javob beramiz, - dedi O‘zbekiston Ekologik harakat mas‘ullaridan biri Tojiddin Qambarov.

O‘z navbatida, o‘zbek ekologlarining o‘sha murojaatini siyosiylashgan murojaat o‘laroq baholagan TALKO rasmiylari mazkur korxona ishlab chiqarish faoliyati muntazam nazorat ostida ekanini va uning chiqindilari esa me‘yoridan ortiq emasligini ta‘kidlashdan charchamayotir.

Tojik rasmiylarining bildirishicha, korxonadan chiqayotgan chiqindilarni kamaytirish maqsadida 2010 yili TALKO 6,5 million AQSh dollaridan ko‘proq mablag‘ safrlangan. Zavodning 120 metrlik quvurlarining hammasiga chang tozalagich filtrlar o‘rnatilgan va ishlab chiqarish tsexlaridagi uskunalar qisman zamonaviy uskunalarga almashtirilgan.

Biroq joriy yil yozida BMT mas‘ullari Tojikiston alyuminiy zavodi O‘zbekiston uchun xavfli, deb topilganini bildirgandi.
XS
SM
MD
LG