Линклар

Шошилинч хабар
20 апрел 2024, Тошкент вақти: 03:50

Shvetsiyada o‘zbekistonlik muhojir vafot etdi


Stokxolm shahri ko‘plab o‘zbek qochqinlarini o‘z bag‘riga olgan.
Stokxolm shahri ko‘plab o‘zbek qochqinlarini o‘z bag‘riga olgan.
Shvetsiyada 31 yoshli Murod Sobutov ismli o‘zbekistonlik muhojir qazo qilgani xabar qilindi. Aytilishicha, hozir marhumning do‘stlari uni Shvetsiyada dafn qilish uchun pul yig‘ishmoqda.

Toshkentlik Murod Sobutov to‘qqiz kun avval Stokholm shahrida o‘zi ijaraga olgan xonadonda jon bergan. Uning yurak xurujidan o‘lgani aytilmoqda.

- Murod akani yuragi sal chatoqroq edi, qon bosimi doim sakrardi. Uxlab yotganlarida joni uzilgan,- dedi marhumning yaqin do‘sti Aziz Muhiddinov.

Sobutov 2005 yilda Shvetsiyaga tirikchilik uchun kelgan va turli qora ishlarni qilib yurgan.

- 2005 yilda birga kelganmiz Shvetsiyaga. Keyin u Toshkentga qaytib ketgan edi. Shu yilni mart oyida yana qaytib keldi,- deydi Aziz Muhiddinov.

Ayni paytda Murodning O‘zbekistondagi qarindoshlari moliyaviy imkonlari bo‘lmagani bois marhumni Shvetsiyada dafn etishga rozilik bildirganlar.

- Otasi bilan oxirgi marta kecha gaplashdim. U rozilik berdi bu yerga ko‘mgani. Baribir Ollohning yeri hamma joyda bir xil, uyda ham duo qilsa yetib boradiyu. Endi bugun ota-onasi aniq javobni berishadi,- deydi Aziz Muhiddinov.

Hozir marhumning jasadi Stokholm shahridagi Rattmedicin o‘likxonasida saqlanmoqda.

Uning do‘stlari janoza uchun pul yig‘ishayapti.

- O‘likni olish uchun 20 ming shved kroni (taxminan 2800 AQSh dollari) kerak ekan. Hozir endi shu pul yig‘ilyapti. Masjidda quti qo‘yganmiz, kelayotganlar tashlab ketyapti. Hali sanalmagan. Hozir Stokholmdan tashqaridagi o‘zbeklar ham bank hisobiga pul jo‘natishyapti,- deydi Aziz Muhiddinov.

Shvetsiyada yashovchi Olim Qoraboyevning aytishicha, Shvetsiyada o‘zbekistonlik muxojirlar soni so‘nggi yillarda ko‘payib qolgan.

- Ha ancha ko‘p. Bu yerda musulmon qabristoni bor. Bundan oldin ham o‘zbeklar ko‘milgan. Marhum ukamizni ham o‘zimizni musulmoncha urf odatlar bilan ko‘mamiz, - deydi Qoraboyev.

Shvetsiya ko‘plab o‘zbek qochqinlarini o‘z bag‘riga olgan davlat sanaladi. O‘nlab o‘zbek jurnalist va huquq himoyachilari shu davlatdan boshpana topgan.
XS
SM
MD
LG