Линклар

Шошилинч хабар
25 апрел 2024, Тошкент вақти: 16:47

Blog: Miting va qo‘zg‘olon revolyutsiyami yoki do‘kondagi sho‘rdanak?


Shu kunlarda Rasiy TVlaridan Sankt-Peterburg va Moskva shaharlarida bo‘lib o‘tgan tinch mitinglarni kuzatar ekanman, beixtiyor qo‘shnimiz- qirg‘iz birodarlarimizning bir emas, ikki prezidentini oldilariga solib quvganlari yodimga tushaveradi.

Quvganda ham qandoq, astoydil quvib soldilarki, bechora prezidentlar yurtboshi bo‘lganlariga ming pushaymon bo‘lib, qo‘rquvni zo‘ridan orqaga qaramasdan, yosh bolalarga o‘xshab “Sheshiii!” deb yig‘lab yuborgan ekanlar. (Ishonmaysizmi? M.Gorbachev ham yig‘laganku!).

Ba‘zi yurtboshilarga o‘xshab o‘z tilidan boshqa tilni ustun qo‘yib, qochar paytida agar “Maaamaaa, pomogi, gde tiii!”, deb yuborsa bormi, quvayotganlar o‘ris tilinda najot so‘rayotganini eshitib “he, mamang‘di!”, deb tezligi ikki karra oshishiga sababchi bo‘lar edi.

Xalqi vajoxatidan qo‘rqib qochgan keyingi qirg‘iz rahbari qaysidur o‘rmonlarda hali ham o‘ziga kelolmay yurganmush.

Shu gaplarni eshitib, man Cho‘lpon amak "Xalq to‘lqindir", deb qo‘shni xalqga aytib ketgan ekanda, deb o‘ylandim.

O‘shanda qirg‘iz revolyutsiyasini TVdan kuzatar ekanman, Cho‘lpon amak o‘sha to‘rtlik davomiga "to‘lqinlanayotgan paytlaringda o‘zga do‘konlarni buzib, ichidan pista, qurut, sho‘rdanak, yeryong‘oklarga ovunmanglar", deb qo‘shib ketmagan ekanlar, deb o‘ylab qoldim.

Agar esingizda bo‘lsa, o‘sha jarayonda tarixiy voqia bo‘lib, hamma xis - hayojonga to‘lib, olg‘alash o‘rniga ba‘zi bir qirg‘iz do‘stlar do‘konlar oynagini sindirishib, ichlarini bo‘shatib ham ketishdi.

Televizordan ko‘rganim esimda, bir erkak bilan ayol, er- xotin bo‘lsa kerak, ikkovi ham quchog‘ini to‘ldirib, g‘isht olib chiqayotgani tasvirga tushib qolgan ekan.

Men televizorga kirib ketar holatda “Bu ikki juftga prezident zulimi ko‘proq tekkan bo‘lsa kerakda, qarindosh-urug‘ini yarmini vahobiy, ikkinchi yarmini esa tablig‘chilar guruhidan deb, qamab yuborgan bo‘lsa kerak. Ularni ko‘targan g‘ishtlarini darhol olish kerak, achchiqni zo‘ridan birovni urib-netib, o‘ldirib qo‘ymasin" dedim.

"Kochqinlarga jarohat yetkazmasdan Haaga sudiga olib borib, Pinochetni kuniga tushurish kerak”, deb tursam, kamera "ko‘zi"ni er-xotinga yaqinlashtirgan edi, ularning qo‘lidagi g‘isht bo‘lmasdan xitoyni dushiragi ekani bilindi.

“Eeeey o‘livor bu kuningdan!”, dedim. Hafsalam pir bo‘ldi. “Nima qilasan o‘zingni uyingni buzib, o‘g‘irlab. O‘sha qochayotgan davlatdi katta o‘g‘rilaridan farqing yo‘q ekanda”, dedim pichirlab.

Balki biz shu kabi o‘g‘irliklardan o‘zimizni tiyish uchun miting va qo‘zg‘olonlardan uzoqroq yurayotgandirmiz?

Yoki pista va sho‘rdanak qimmatlashini kutayapmizmi?

O‘zimiz sotib olishga qurbimiz yetmaganida miting qilib, sho‘rdanak g‘amlab olarmidik...

-------

Sotivoldi akaning jiyani Gostrboy.

Moskva, 2011 yil, dekabr.



P.S. O‘zini Sotivoldi akaning jiyani Gostrboy deb tanishtirgan muxlisimizning yozish usuli, ba‘zi so‘zlar talaffuzini o‘zgartirmasdan e‘tiboringizga havola qilyapmiz.
XS
SM
MD
LG