Линклар

Шошилинч хабар
27 июл 2024, Тошкент вақти: 06:22

Nemis futbolchisi "Bunyodkor"ni boshqaradi


2012 yil boshidan Germaniya terma jamoasi sobiq futbolchisi Tomas Brdarich Toshkentning “Bunyodkor” futbol klubida sport ishlari direktori etib tayinlandi.

36 yoshli Tomas Brdarich Toshkentga 15 dekabr kuni uchib kelgan edi. “Bunyodkor” futbol klubi matbuot markazi tarqatgan ma‘lumotga ko‘ra¸ u Jar stadionida “qaldirg'ochlar” bilan uchrashib suhbat qurgan.

Tomas Brdarich yanvarda “Bunyodkor” bilan shartnomani imzolaydi deyiladi¸ futbol klubi matbuot markazi tarqatgan ma‘lumotda.

2002-2004 yillarda Germaniya terma jamoasida to‘p surgan Brdarich bugunga qadar Belarusdagi “Dinamo” futbol jamoasida sport ishlari bo'yicha rahbar sifatida ishlagan.

- Minsk men uchun ajoyib tajriba bo‘ldi. Biroq sport yo‘nalishida men erishmoqchi bo‘lgan maqsad va bu klubdagi real holat bir-biridan aslida
ancha uzoqda ekan. Toshkentning “Bunyodkor” klubi esa Osiyo chempionlar ligasi ishtirokchisi sifatida umuman boshqa maqomdagi jamoa hisoblanadi”, deya ta‘kidladi Tomas Brdarich “Sport Bild online” nashriga bergan intervyusida.

Tomas Brdarichning “Bunyodkor”ga qancha pul evaziga jalb qilingani haqida tafsilotlar hozircha ochiqlanmadi.

Esingizda bo'lsa, “Bunyodkor” klubining pul yuvish vositasi va korruptsiyalashgani haqida ma‘lumotlar tarqatilgan. edi

Shu yil oktyabr oyida "Barselona" futbol klubining sobiq prezidenti Joan Laporta "Bunyodkor" klubi bilan noqouniy oldi-berdilari bilan bog‘liq holat yuzasidan sudga chaqirildi.

Ispaniya va jahon futboli olamidagi eng mashhur klublardan birining sobiq rahbari "Bunyodkor" xo‘jayinlari bilan amalga oshirgan noqonuniy moliyaviy sxemalar yordamida 10 million yevro miqdoridagi pulni cho‘ntakka urgani haqidagi xabarni 2009 yilda turkiyalik futbol agenti Bayram Tutumli tarqatgan edi.

2008 yilda "Barselona" bilan "Bunyodkor" o‘rtasida tuzilgan kelishuvga ko‘ra, ispan klubining qator futbolchilari, jumladan Lionel Messi, Karles Puyol va Inyestalar O‘zbekistonga master-klass ko‘rsatgani kelgan edi.

Tutumlu "Berselona" prezidenti va O‘zbekiston prezidentining to‘ng‘ich qizi Gulnora Karimovaga tegishli ekani aytilgan va 2010 yilda singan Zeromaks shirkati o‘rtasida vositachilik qilgani uchun haq ololmaganini aytgan edi. Uning iddaolarga ko‘ra, "Bunyodkor" bilan aloqalardan tushgan noqonuniy to‘lovlar Shveytsariyadagi Laportaga qarashli advokatlik firmasi hisob raqamiga o‘tkazilgan.
XS
SM
MD
LG