Линклар

Шошилинч хабар
04 май 2024, Тошкент вақти: 22:45

O‘zbekiston eng avtoritar rejimlar beshligida


Hisobot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov hukumati layoqatsizlik yoqasiga kelib qolgan.
Hisobot mualliflariga ko‘ra, O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimov hukumati layoqatsizlik yoqasiga kelib qolgan.
O‘zbekiston dunyodagi eng avtoritar davlatlar beshligidan joy oldi. Britaniyada chiqadigan nufuzli The Economist jurnali e‘lon qilgan “Demokratiya indeksi 2011” hisobotida berilgan reytingda 167 mamlakat ichida O‘zbekiston 164 o‘rinni egalladi.

The Economist nashri bu kabi hisobotni to‘rtinchi marta e‘lon qilmoqda va o‘tgan yilgisida ham O‘zbekiston ro‘yxat oxiridan 4 o‘rinda edi. 2011 yilda Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika davlatlarida ro‘y bergan xalq chiqishlari, hisobot mualliflariga ko‘ra, dunyo bo‘ylab demokratik jarayonlarga ta‘sir o‘tkazgan.

The Economist Intelligence Unit tadqiqot markazi hisobotida davlatlar ulardagi demokratik jarayonlarga ko‘ra to‘rt toifa – to‘la demokratik, yarim demokratik, gibrid rejimlar va avtoritar rejimlarga bo‘lingan.

“2011 yil siyosiy jihatdan favqulodda jo‘shqin bo‘ldi. Bu rivojlangan mamlakatlarda davlat qarzlari va zaif siyosiy tizim bilan bog‘liq bo‘hron, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrika mintaqalaridagi keskin o‘zgarish va mojarolar va dunyoning aksar mintaqalarida ijtimoiy tanglikning oshishida kuzatildi. Ba‘zi jamiyatlarning kutilmaganda demokratlashuv tomon siljishlar hamda dunyoning ba‘zi mintaqalarida demokratiyaga oid muhim o‘zgarishlar ro‘y berdi”, deyiladi “Demokratiya indeksi 2011” hisobotida.

Saylov jarayoni va plyuralizm, hukumat layoqatliligi, jamiyatning siyosiy hayotdagi ishtiroki, siyosiy madaniyat va fuqaroviy erkinliklar kabi omillar vositasi baholangan 167 mamlakat orasida O‘zbekiston 164 o‘ringa qo‘yilgan. O‘zbekistondan avtaritarroq mamlakatlar, tadqiqot mualliflariga ko‘ra, Turkmaniston, Chad va Shimoliy Koreyadir Avtoritar rejimlar toifasiga O‘zbekistondan tashqari yana 51 mamlakat kiritilgan.

10 ballik o‘lchamda O‘zbekistondagi saylov jarayoni va plyuralizm 0,08, hukumat layoqati esa 0,79 ball bilan baholangan.

O‘zbekistonga berilgan bunday baho hususida muhojiratda yashayotgan mustaqil siyosatshunos Kamolddin Rabbimovning fikrini so‘radik.

Kamoliddin Rabbimov bilan suhbat:



“Demokratiya indeksi 2011” hisobotiga ilova qilingan reytingda eng demokratik davlatlar beshligidan Norvegiya, Islandiya, Daniya, Shvetsiya va Yangi Zelanidya o‘rin olgan. Britaniya 18, AQSh 19 o‘rinni egallagan.
XS
SM
MD
LG