Линклар

Шошилинч хабар
26 апрел 2024, Тошкент вақти: 12:04

Turkiya Frantsiya bilan xarbiy hamkorlikni to‘xtatishini bildirdi


Turkiya Bosh vaziri Rajab Toyip Erdo‘g‘on Frantsiya bilan xarbiy hamkorlikni to‘xtatishini bildirdi.

Bundan oldin Frantsiyadagi Turkiya elchisi Anqaraga maslahat uchun chaqirib olindi.

Rasmiy Anqaraning bunday munosabati Frantsiya parlamenti Usmonli imperiyasi davrida armanilarning ommaviy o‘ldirilishini irqiy genotsid deya tan oluvchi, buni inkor etganlik uchun jazo tayinlashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma‘qullagani bois yuzaga chiqdi.

Turkiya Bosh vaziri Erdo‘g‘on nazarida Frantsiya prezidenti saylovda etnik armanilari ovozini qozonish uchun islomofobiya kartasini ishlatmoqda.

- Islomofobiya va turklar bilan qo‘rqitish tadbirini Frantsiyada prezidentlik saylovida g‘alaba qozonish uchun qo‘llash havotirli holatdir. Bu nafaqat Frantsiya balki Umumevropa qadriyotlariga ham soya soladi.¸dedi Erdo‘g‘on.

Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Alen Jyuppe Turkiya munosabatini sokin qabul qildi.

-Turkiya va Frantsiya o‘rtasida barcha sohalarda munosabatlar mavjud. Men Turkiya elchisining Anqaraga chaqirilganiga e‘tibor qaratdim. Frantsiyaning Turkiyadagi elchisi xozir ta‘tilda. U Parijda dedi Frantsiya Tashqi ishlar vaziri Alen Jyuppe .

Frantsiya parlamenti Usmon imperiyasi davrida armanilarning ommaviy o‘ldirilishini irqiy genotsid deya tan oluvchi, buni inkor etganlik uchun jazo tayinlashni ko‘zda tutuvchi qonun loyihasini ma‘qulladi.

Ayni qonunda armanilar genotsid qilinganini jamoatchilik oldida inkor etishlik uchun bir yilga ozodlikdan mahrum etish yoki 45 ming yevro miqdorida jarima ko‘zda tutilgan.

Armanistonning da‘vosicha, 1915 yilda Usmon imperiyasi davridagi Turkiyada bir yarim million arman qatl etilgan.
XS
SM
MD
LG