Линклар

Шошилинч хабар
27 апрел 2024, Тошкент вақти: 01:58

Rossiyaliklar Ravshan Ermatovni eng yaxshi hakam deb topdi


Rossiyadagi "Evro-Futbol" sayti o‘tkazgan so‘rov natijalariga ko‘ra, o‘zbekistonlik Ravshan Ermatov dunyodagi eng yaxshi hakam deb topildi.

So‘rovda qatnashganlarning 36,15 foizi dunyodagi hakamlar orasida Ravshan Ermatovdan zo‘ri yo‘q deb hisoblaydi.

2010 yili Futbol tarixi va statistikasi xalqaro federatsiyasi tomonidan Ravshan Ermatovga dunyo bo‘yicha eng yaxshi hakamlar orasida ikkinchi o‘rin berilgan edi.

O‘tgan yilning 23 noyabrida Ravshan Ermatov ketma-ket to‘rtinchi marotaba Osiyoning eng yaxshi hakami deb topildi.

2010 yilda Ermatov Janubiy Afrikada o‘tgan Jahon chempionatida ilk o‘yinga hakamlik qildi va bitta chempionat davomida jami beshta o‘yinni boshqargan futbol tarixidagi uchinchi hakam, deb e‘tirof etilgan edi.
XS
SM
MD
LG