Линклар

Шошилинч хабар
29 март 2024, Тошкент вақти: 14:35

IPI: O‘zbekiston G‘arbga do‘st, matbuotga dushman


Xalqaro Matbuot instituti 2011 yilda Ommaviy axborot vositalari ahvoli eng og‘ir bo‘lgan, ammo G‘arb davlatlari o‘ziga do‘st tutgan 10 mamlakat ro‘yxatini e‘lon qildi.

Tashkilot hisobotida aytilishicha, bu ro‘yxatda Afg‘onistonga chegaradoshligi bilan AQSh uchun strategik nuqta bo‘lib qolayotgan va shuning uchun G‘arbga do‘st, deb ko‘rilgan O‘zbekiston ham bor.

Ammo tashkilot xulosasiga ko‘ra, ayni kezda O‘zbekiston matbuotga dushmandir va bu xulosaga asos o‘laroq, o‘zbek matbuotining hanuz mutlaqo bo‘g‘ilgan holda qolayotgani, kamida 10 jurnalistning qamoqxonalarda jazo o‘tayotgani keltirilgan.

Shuningdek, O‘zbekistonda matbuotning muttasil bosim ostida ekaniga misol qilib, 2011 yilning may oyida o‘zbek xalqini haqorat qilganlik uchun aybdor, deb topilgan Amerika ovozi muxbiri Malik Boboyev va sal muqaddam davlatlararo nizo qo‘zg‘aganlikda aybdor, deb topilgan Vesti.uz nashri muharriri Aleksand Berezovskiylar nomi tilga olingan.

Xalqaro Matbuot instituti o‘z hisobotida prezident Islom Karimovning qizi Lola Karimovaning Frantsiyada chop etiladigan Rue89 nashri bilan sudlashuvini ham esga olgan.

Ushbu institut tomonidan "G‘arbga do‘st, matbuotga dushman", deb topilgan davlatlar orasida O‘zbekistondan tashqari Turkiya, Saudiya Arabistoni, Efiopiya, Turkmaniston, Ozarboyjon, Qozog‘iston, Afg‘oniston, Pokiston bor.
XS
SM
MD
LG